O'zbekiston hududini ekoturizm jihatdan rayonlashtirish


Download 42.52 Kb.
bet1/24
Sana05.01.2022
Hajmi42.52 Kb.
#231230
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Bog'liq
o'zbekiston hududini ekoturizm jihatdan rayonlashtirish


O'ZBEKISTON HUDUDINI EKOTURIZM JIHATDAN RAYONLASHTIRISH

Reja:



  1. Hududiy rekreatsion tizimlari (X.T.M.) rekreatsiya maqsadida rayonlashtirish

  2. Turistik – rekreasiya jihatdan rayonlashtirishning belgilari va xususiyatlari

  3. O’zbekistonda turistik rayonlashtirishda yondoshuvlar

  4. O’zbekistonning turistik rayonlari tavsifi

  5. O’zbekistonda ekoturistik rayonlashtirish


Hududiy rekreatsion tizimlari (X.T.M.) rekreatsiya maqsadida rayonlashtirish

Rekreasiya jihatdan rayonlashtirish bu – rekreasiya sifatida foydalanish maqsadida shu belgilar asosida hududlarni ajratishdir.

Sog‘lomlashtirish va dam olishni tashkillashtirish, hamda hududlardan samarali foydalanishda rekreasiya maqsadida rayonlashtirishni katta ahamiyati bor. Bunda, hududiy rekreasiya tizimlari (HRT), hamda hududiy turistik majmualar (HTM) asosiy o‘rinni egallaydi. HRT – hududiy tabiiy va madaniy infrastrukturali majmua. U turli ixtisosga ega bo‘lib, asosiy vazifasiga ko‘ra ikki guruhga bo‘linadi: ijtimoiy va tibbiy – biologik. Undan tashqari insonlarni davolanishi va dam olishi xususiyati kelib chiqib, mutaxasislar HRTning 4 ta guruhini ajratishadi:


  • Davolanish;

  • Sog‘lomlashtirish;

  • Sport;

  • Tanishuv.

HRTningbirinchiguruhida, insonlarningdavolanishigaqaratilganbo’lib, undamineralsuvlar, shifobaxshbalchiqlar, issiqqumlarmavjudjoylarasosidaxizmatko’rsatishamalgaoshiriladi.

HRTning ikkinchi (sog’lomlashtirish) va uchinchi (sport) guruhi esa, insonlarning sog’ligini tiklash hamda, dam olishiga qaratilgan. Bunda, dam olishning aktiv turlaridan, sayohat, ekskursiya va cho’milish bilan shug’ullanish amalga oshiriladi.

To’rtinchi guruh, insonlarning dam olishini mazmunli o’tkazishda maqsadida, turli tabiiy va madaniy obektlarga sayohat tashkil etish orqali, insonlarning ruhiy – psixologik sog’ligini tiklashga qaratilgan.

HRT – bu murakkab xo’jalik tizimi bo‘lib, ya’ni sog’lomlashtirish va davolanish muassalari (turli sanotoriyalar, dam olish tashkilotlari, motellar, kempenglar, lagerlar) sport bilan shug’ullanish muassalari, ekskursiya obektlari, hamda yo‘l – transport tarmoqlaridan iborat. HRT shakllanishida hududda barcha xo’jalik tarmoqlarini birgalikda rivojlanishini tashkillantirishni talab etiladi. Bunda, bir qancha muammolarni hal qilish lozim bo’ladi. Bularga quyidagilar kiradi:



  • mintaqalar bo’yicha dam olish va davolanish muassalarni tabiiy – iqlimiy sharoit, mineral suv va boshqa resurslardan kelib chiqib joylashtirish;

  • rekreasiya resurslaridan tizimli ravishda samarali foydalanish;

  • infrastrukturani shakllanishida tarmoqlar o’rtasida to’g’ri ixtisoslashishni tashkil etish;

  • ovqatlantirish, kommunal va madaniy xizmat ko’rsatish tarmoqlarini, hamda suvenir mahsulotlari ta’minotini yaxshilash;

  • zamonaviy transport, yo’l tarmoqlari va aloqa vositalarini rivojlantirish;

  • mehnat resurslaridan samarali foydalanish;

  • rekreasiya maqsadida foydalanishda tabiat landshaftlarini muhofaza qilish.


Download 42.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling