O’zbekiston iqtisodiy o’sishida milliy boylikning ahamiyati
Iqtisodiy o’sishni ta’minlashda milliy boylikning ahamiyati
Download 122.86 Kb.
|
O\'zbekiston-iqtisodiy-o\'sishida-milliy-boylikning-ahamiyati
2. Iqtisodiy o’sishni ta’minlashda milliy boylikning ahamiyati
Iqtisodiy o’sish natijasida jamiyat boyib boradi, sababi iqtisodiy faoliyat natijasida joriy ehtiyojlarni qondirish bilan cheklanmay, yaratilgan ne’matlarning bir qismini jamg’arish imkoniyatini vujudga keltiradi. Ana shu imkoniyatni realizatsiya qilinishi natijasida ne’matlarning bir qismi boylikka aylanadi. Boylik tushunchasi iqtisodiy nazariyada keng qo’llaniladi. Uni dastlab U. Petti ishlatgan va boylik miqdorini hisoblashga uringan. 100 yil o’tgach A. Smit uni takrorlab, yaratilgan moddiy ne’matlarni jamg’arilishini boylik deb atagan. Boylikni moddiy ne’matlar ishlab chiqaruvchilarning mehnati tufayli ko’payib boradi deb ko’rsatgan, hamda «Milliy boylik» g’oyasini ilgari surgan. Hozirgi paytda milliy boylik umumiqtisodiy kategoriya sifatida o’rganiladi. Chunki har qanday jamiyat ichki tuzilishi qanday bo’lishidan qat’iy nazar ma’lum darajadagi boyligiga tayanadi. Milliy boylik jamiyatning, mamlakatning boyligidir. Shu nuqtai nazardan uni jamiyat miqyesida shu mamlakatga tegishli ijtimoiy boylik deb qarash mumkin. Milliy boylik muayyan jamiyatning asrlar osha, o’z tarixi davomida to’plagan ne’matlarning jamidir. Milliy boylik keng ma’nodagi tushuncha. Unga turli jihatdan yondashish mumkin. Milliy boylikka uning tarkibi nuqtai nazaridan yondashsak, uning unsurlarini moddiy buyumlashgan shakldami yoki yo’qligiga ko’ra: moddiy buyumlashgan va nomoddiy boylikka ajratish mumkin. Moddiy buyumlashgan boylik tarkibiga asosiy, aylanma kapital (fond) shaxsiy mulk (uy-joy, ro’zg’or buyumlari), tabiat in’on etgan tabiiy boyliklar kiradi. Ikkinchi qismga esa aholining salomatligi, madaniy-ma’naviy, intellektual salohiyati, to’plagan bilimi, malaka mahorati majmui kiradi. Milliy boylik yaratilishi manbai jihatidan insonlar mehnati muhsulimi yoki yo’qligiga ko’ra: moddiy buyumlashgan va nomoddiy boylikka ajratish mumkin. Moddiy buyumlashgan boylik tarkibiga asosiy, aylanma kapital (fond), shaxsiy mulk (uy joy, ro’zg’or buyumlari), tabiat inom etgan tabiiy boyliklar kiradi. Ikkinchi qismiga esa axolining salomatligi, madaniy-ma’naviy, intellektual saloxiyati, to’plagan bilimi, malaka mahorati majmui kiradi. Milliy boylik yaratilishi manbai jihatidan insonlar mehnati mahsulimi yoki yo’qligiga ko’ra: A) asrlar osha hamma avlodlar mehnati bilan yaratilgan, jamg’arib kelingan moddiy va nomoddiy boylik; B) avloddan-avlodga o’tib kelgan tabiat in’om etgan tabiiy boylik (yer, foydali qazilmalar, o’rmon kabilar) dan iborat. Milliy boylikka qaysi avlod yaratganiga ko’ra tabaqalanishi nuqtai nazaridan qarasak: A) avloddan-avlodga o’tuvchi B) bir avlod hayoti davomida yaratilib, iste’mol qilib tugatiladigan boyыlikka ajratish mumkin. Birinchisiga, bir necha avlodga xizmat qilishi mumkin bo’lgan boyliklar, tarixiy obidalar, bino inshoatlar, kanallar, suv omborlari, temir yo’llar, avtomobil yo’llari va hokazolar kiradi. Ikkinchisi, asbob-uskuna, mashinalar, turli ashelar va hokazolardan iborat bo’lib, bir avlod hayoti davomida ishlatilib bo’ladi va takroran bir necha marta yaratiladi. Milliy boylik qator xususiyatlarga ega. Ular quyidagilar: mehnat natijasida yaratilib, ko’payib boradi. Ma’lum bir qismi jamg’arilib boradi. Takroran yaratiladi, ishlatiladi, iste’mol qilinadi. Muayyan mol-mulk sifatida jamiyat tasarrufida bo’ladi. U ayrim kishilar, oila, jamoa, turli uyushmalar yoki davlat mulki bo’lishi mumkin. Ne’matlar boylik bo’lishi uchun mulk bo’lishi zarur. Milliy boylik miqdori pul vositasida o’lchanadi. Ammo boylikning shunday unsurlari borki, ularni pul bilan ifodalab bo’lmaydi. Ularga nisbatan bebaho deb ta’rif beriladi. Ular tarixiy obidalar, qo’lyozmalar, noyob va betakror antikvar buyumlar va boshqalardan iborat. Undan tashqari aholi uning sog’lig’i, intellektual saloxiyati kabilarni xam pul bilan o’lchab bo’lmadi. Milliy boylikka dastlabki baho 1789 yilda Fransiyada berilgan. AQSh da esa 1805 yilda Sobiq Ittifoqda dastlab XX asrning 30 yillarida milliy boylik miqdorini o’lchashga harakat qilingan. o’sha paytda statist Vaynshteyn Rossiyaning milliy boyligini 1914 yil 1 yanvari xolati bo’yicha hisoblagan. Respublikamiz mustaqillikka erishgach O’zbekiston o’z milliy boyligining egasiga aylandi. 1992 yili birinchi bor O’zbekiston milliy boyligi miqdori hisoblab chiqildi. Ana shu hisobotga ko’ra O’zbekistonning milliy boyligi (yer, yer osti boyliklari, o’rmonlar qiymati kiritilmagani holda) ning 55,3% asosiy kapital (fondlar, ishlab chiqarishda band bo’lgan asosiy kapital 36,2%) moddiy oborot mablag’lari 22,1%, aholining jamg’arilgan mol-mulki 22,6%ni tashkil etgan. Hozirgi paytda milliy boylik milliy hisob tizimi metodologiyasi asosida hisoblanadi. Milliy boylikka uni hisoblash metodi nuqtai nazaridan ta’rif bersak uni quyidagicha ifodalash mumkin. Milliy boylik – taraqqiyot asosi bo’lib, u mamlakat ixtiyoridagi mehnat tufayli yaratilib jamg’arilgan moddiy ne’matlar, oltin, chet el valyutalari, nomoddiy aktivlar va qadriyatlar, Hisobga olingan va xo’jalik oborotiga jalb etilgan yer va tabiiy resurslardan iborat. Milliy hisob tizimi bo’yicha milliy boylik moliyaviy va nomoliyaviy aktivlarga bo’linadi. Moliyaviy aktivlarga – oltin, pul massasi, chet el valyutalari, chet el moliyaviy majburiyatlari, xalqaro valyuta fondining (maxsus o’rin bosish huquqi SDR) maxsus pul birligi (589 betga qarang) yevro, chet el emitentlari tomonidan chiqarilgan qimmatbaho qog’ozlar (aksiyalar, obligatsiyalar, sertifikatlar va boshqalar) kiradi. Nomoliyaviy aktivlarning o’zi ikkiga bo’linadi: · takror ishlab chiqariladigan; · takror ishlab chiqarib bo’lmaydigan. Takror ishlab chiqariladigan nomoliyaviy aktivlar moddiy va nomoddiy aktivlarga bo’linadi. Moddiy aktivlar: asosiy kapital, aylanma kapital, tayyor mahsulot mol-mulk kabilardan iborat. Nomoddiy aktivlar mamlakat aholisining intellektual darajasini ifodalovchi ixtirolar miqdori, mavjud sanoat yangiliklari namunalari, litsenziyalar, patentlar, nou-xau, aholining ma’lumoti, malakasi darajasi kabilarni o’z ichiga oladi. Ishlab chiqarib bo’lmaydigan moddiy aktivlarni hisobga olingan, xo’jalik oborotiga jalb etilgan yer va boshqa tabiiy resurslar tashkil etadi. Jamiyatning milliy boyligi uning iqtisodiy kuch-quvvatini, ya’ni iqtisodiy potensialini tashkil qiladi. Iqtisodiy potensial jamiyatning ishlab chiqara olish qobiliyati, ishlab chiqarish imkoniyatini ifodalaydi. Iqtisodiy potensial o’z ichiga mehnat, intellektual, texnika-texnologiya, tabiiy potensialni oladi. Mehnat potensiali ishlab chiqarishga layoqatli, bilim, malaka, mahoratga ega bo’lgan kishilardan iborat bo’lsa, intellektual potensial jamiyat a’zolarining ilmiy, ma’rifiy, ma’naviy, intellektual salohiyatini ko’rsatadi. Texnika-texnologiya potensiali mamlakatdagi mashina-mexanizmlar miqdori, ularning tarkibi, texnologik tizim kabilardan iborat bo’lib, u fan yutuqlari va ularni qay darajada tatbiq etilishi bilan bogliq. Tabiiy potensial tabiiy resurslar miqdori va sifati, mamlakatning iqlimiy, tabiiy-geografik shart-sharoitlarini o’z ichiga oladi. Iqtisodiy potensial unsurlari birgalikda amal qiladi, bir-birini to’ldiradi, o’rnini bosadi. Masalan, Yaponiya, Janubiy Koreya va qator G’arbiy yevropa mamlakatlarida tabiiy resurslarning kamyobligi texnika-texnologiya vositasida ortig’i bilan qoplanadi. O’zbekiston tabiiy va mehnat resurslariga boy. Qidirib topilgan va hisobga olingan turli qazilma boyliklarning qiymati 3 trillion AQSh dollariga teng. yer maydoni 44740 ming gektarni takshil etadi. Aholining yarmidan ko’pi mehnatga layoqatlilar bo’lib, uning 45% yoshlardan iborat. Hozirgi paytdagi muhim muammo ana shu potensialdan samarali foydalanishdir. Shuning uchun ham respublikamizda bu masalaga alohida e’tibor qaratilmoqda. Iqtisodiy potensialdan samarali foydalanish va iqtisodiy o’sishga erishishni ta’minlovchi kuch bozor mexanizmi ekanligini hayot tajribasi ko’rsatdi. Respublikamizda iqtisodiyotning barcha jabhalarida, jamiyatimiz hayotining barcha sohalarida islohotlar amalga oshirilishi, iqtisodiyotni erkinlashtirish iqtisodiy potensialdan, resurslardan tejamkorlik bilan samarali foydalanishga qaratilgan. Iqtisodiy o’sish deganda bevosita yalpi ichki mahsulot (YaIM) va uning aholi jon boshiga to’g’ri keluvchi qiymatining ortishi tushuniladi. Agar maqsad mamlakatning iqtisodiy salohiyatini baholash bo’lsa, u holda YaIM hajmining o’sish suratlaridan foydalaniladi. Aholi jon boshiga to’g’ri keluvchi YaIM esa aholining turmush darajasini baholashda qo’llaniladi. Ushbu holatda YaIM hajmining o’zgarish sur’ati bilan aholi sonining o’zgarish sur’ati hisobga olinadi. Agar YaIM hajmining o’zgarish sur’ati aholi sonining o’zgarish sur’atidan yuqori bo’lsa, aholining turmush farovonligi ortadi. Agar ushbu ko’rsatkichlar bir xil bo’lsa, aholining turmush darajasi o’zgarmaydi. Mabodo, YaIM hajmining o’zgarish sur’ati aholi sonining o’zgarish sur’atidan ortda qolsa, aholi turmush darajasining pasayishi kuzatiladi. Bu o’rinda iqtisodiy o’sishga ta’sir qiluvchi ikki omilni keltirish kerak bo’ladi. Ular: ekstensiv va intensiv omillar hisoblanadi. Ekstensiv omil deganda ishlab chiqarishning eski shakli saqlab qolingan holda dehqonchilikda yer maydonini kengaytirish, sanoatda yangi quvvatlarni ishga tushirish orqali erishilgan iqtisodiy o’sish tushuniladi. Misol uchun, bir gektar pomidor maydonidan o’rtacha 20 tonna hosil olinadi. Ekstensiv omilda pomidor ishlab chiqarish hajmini ikki marta oshirish uchun yana bir gektar yerga pomidor ekiladi va barcha agrotexnika tadbirlari xuddi oldingi bir gektar yerdagi kabi amalga oshiriladi, natijada yana 20 tonna hosil olinib, umumiy hosil 40 tonnaga yetkaziladi. Yoki non ishlab chiqarishni ikki hissa ko’paytirish uchun mavjud korxonaga qo’shimcha ravishda xuddi shunday quvvatga ega bo’lgan yana bir korxona quriladi. Ekstensiv rivojlanishda, agar u sof holda amalga oshirilsa, ishlab chiqarish samaradorligi o’zgarmay qoladi. Iqtisodiy o’sishning intensiv omiliga esa mahsulot chiqarish miqyoslarini kengaytirishga ishlab chiqarish vositalarini sifat jihatidan takomillashtirish, ya’ni ilg’or texnologiyalarni qo’llash, ishchilar malakasini oshirish, shuningdek, mavjud ishlab chiqarish salohiyatidan samarali foydalanish orqali erishiladi. Mazkur omil ishlab chiqarishning ichki resurslaridan unumli foydalangan holda, ortiqcha kuch, mablag’ sarflamasdan mahsulot miqdorining o’sishi va sifatining oshishida o’z ifodasini topadi. Intensiv usulda pomidor ishlab chiqarish hajmini ikki marta oshirish uchun 2 gektar yerga ekish shart emas, balki aynan o’sha 1 gektar yerga ilg’or agrotexnik usullarni tatbiq etishning (tomchilatib sug’orish, yerga ishlov berishda texnikalardan foydalanish, yangi urug’lar va ularni yetishtirishning ilg’or usullarini qo’llash va h.k) o’zi kifoya. Yoki non ishlab chiqarishni ikki marta oshirishga oldingi eski texnikalar o’rniga zamonaviylarini o’rnatish, xodimlarning malakasini oshirish, ish kunini samarali tashkil etish orqali erishish mumkin. Lekin shuni ham alohida ta’kidlash lozimki, real hayotda ekstensiv va intensiv omillar sof holda, alohida-alohida mavjud bo’lmaydi, balki muayyan uyg’unlikda, bir-biri bilan qo’shilgan tarzda bo’ladi. Jamiyatdagi ijtimoiy, iqtisodiy va boshqa barcha muammolarni hal qilishning asosiy yo’li – bu milliy iqtisodiyotning barqaror rivojlanishi va iqtisodiy o’sishiga erishishdir. Aholi farovonligining oshirib borishi ham pirovard natijada iqtisodiy o’sish darajasi va sur’atlariga bog’liq. Iqtisodiy rivojlanish juda serqirra jarayon bo’lib, u o’z ichiga iqtisodiy o’sish, iqtisodiyotdagi tarkibiy o’zgarishlar, aholi hayotining sifati va shart-sharoitlarining takomillashuvini oladi. U hyech qachon bir tekis, yuqorilab boruvchi chiziq bo’yicha ro’y bermaydi. Iqtisodiy rivojlanish o’z ichiga yuksalish va inqiroz davrlarini, iqtisodiyotdagi miqdor va sifat o’zgarishlarini, ijobiy va salbiy tomonlarni olib notekis boradi. Milliy iqtisodiyotda iqtisodiy rivojlanish qiyin aniqlanadigan jarayon bo’lganligi sababli, uning mezonlaridan biri bo’lgan iqtisodiy o’sish ko’proq tahlil qilinadi. Iqtisodiy o’sish iqtisodiy rivojlanishning tarkibiy qismi bo’lib, o’z ifodasini real YaIM hajmining oshishi hamda aholi jon boshiga nisbatan ko’payishida topadi. Iqtisodiy o’sishga tarixiy jihatdan yondoshilganda, u bir xil sur’atlarda va bir tekis bormaydi. Tarixda iqtisodiy o’sish sur’atlarining jadallashish, jiddiy pasayish va hatto qisqarishdavrlari ma’lum. Agar katta tarixiy bosqichlar olib qaraladigan bo’lsa, jahon va milliy iqtisodiyotda barqaror iqtisodiy o’sish, ishlab chiqarishning har tomonlama taraqqiyot manzarasi hosil bo’ladi. Shu bilan birga iqtisodiy o’sish nafaqat miqdor, balki muayyan sifat o’zgarishlari shaklida ham namoyon bo’ladi. Birinchi prezidentimiz I.Karimov ta’kidlab o’tganlaridek: «Iqtisodiy rivojlanish sur’atlari haqida gapirganda... uning mezonlariga va eng avvalo, sifat ko’rsatkichlariga ko’proq e’tibor qaratish muhim ahamiyat kasb etadi. Bunday o’sishlar iqtisodiyotimizda yuz berayotgan tarkibiy o’zgarishlar, uning izchil va barqaror rivoji uchun xizmat qilishi, xalqimizning hayot darajasini yuksaltirishga, bir so’z bilan aytganda, amaliy hayotimizni yaxshilashga olib kelishi lozim»7. Shunday ekan, iqtisodiy o’sish bevosita yalpi ichki mahsulot miqdorining mutloq va aholi jon boshiga hamda iqtisodiy resurs xarajatlari birligi hisobiga ko’payishi hamda sifatining yaxshilanishida va tarkibining takomillashuvida ifodalanadi. Shuningdek, iqtisodiy o’sishni iqtisodiy kategoriya sifatida turli xil yondashuvlarni iqtisodiy adabiyotlarda kuzatishimiz mumkin. Masalan, xorijlik iqtisodchi olimlardan – E.Samuelson, Kempbell R.Makkonel, L.Bryu Stenlilar iqtisodiy o’sishning mohiyatini ochishda mamlakatda yaratilgan mahsulotning aholi jon boshiga to’g’ri keladigan ulushi, iqtisodiy jarayonlardagi davlatning roli, xalqaro savdo, tashqi qarz, kapital qo’yilma kabi iqtisodiy kategoriyalardan foydalanishgan.8 Ingliz iqtisodchilaridan R.Xarrod, E.Domar va J.Keynsning tadqiqotlarini tahlil qiladigan bo’lsak, ular iqtisodiy o’sish modelini tuzishda yalpi talab, daromad, iste’mol, investitsiya kabi ko’rsatkichlarga asosiy e’tiborni berishadi, faqat Keyns takror ishlab chiqarish jarayonini qisqa muddatli oraliqda, Xarrod va Domarlar esa uzoq muddatli davrlarda tahlil qilishadi.9 Umuman olganda biror iqtisodiy kategoriyaning mazmunini ochib berishda turli xil yondashuv, usul va uslubiyatlardan foydalanish mumkin. Lekin, yoritilayotgan asosiy g’oya, mazmun va mohiyat juda keskin farqlanishi kerak emas. Agar qaysidir g’oyada bir-birini inkor etuvchi fikrlar berilgan bo’lsa, demak, bu masalada hali ko’proq izlanishlar olib borish kerakligini bildiradi. MDH olimlaridan A.Vidyapin, S.Menыshikov, G.P.Juravleva va boshqalar ham iqtisodiy o’sishning mazmunini ochishda YaIM, YaMM, deflyator, inflyasiya kabi ko’rsatkichlardan foydalanishgan.10 T.Agapova, S.Seryoginalar ham oddiy takror ishlab chiqarish va kengaytirilgan takror ishlab chiqarish jaryonlari hamda yalpi ichki mahsulotning jon boshiga ulushi orqali iqtisodiy o’sishni mohiyatini ochib berishgan.11 Mahalliy iqtisodchi olimlardan Sh.Shodmonov, U.G’afurovlar iqtisodiy o’sish murakkab jarayon bo’lganligi bois, yalpi ichki mahsulotning mutlaq hajmi, aholi jon boshiga ulushi va iqtisodiy resurs harajatlari birligiga ko’payishi orqali izohlaganlar.12 A.Ishmuxamedov va Z.Djumaevlar esa iqtisodiy o’sishni oldingi davrga nisbatan taqqoslash orqali va aholi jon boshiga ulushi bo’yicha talqin qilishgan.13 Umuman olganda bunday yondashuvlarning anchasini davom ettirish mumkin. Haqiqatan ham, iqtisodiy o’sish murakkab jarayon bo’lib, bu yerda iqtisodiy rivojlanish bilan iqtisodiy o’sish kategoriyalarini chalkashtirmaslik kerak. Negaki, iqtisodiy rivojlanish iqtisodiy o’sishga nisbatan keng tushuncha bo’lib, iqtisodiy o’sish iqtisodiy rivojlanishning tarkibiy bir qismi hisoblanadi. To’g’ri, mamlakatda yaratilgan yalpi ichki mahsulot iqtisodiy o’sishni aniqlovchi asosiy ko’rsatkich hisoblanib, bu yerda uning ko’payishida mutlaq hajmi, aholi jon boshiga ulushi, sarflanayotgan xarajatlarga nisbatan olinayotgan mahsulot hajmi va eng asosiysi qo’shimcha qiymatning ko’payishini hisobga olish zarur. Chunki, ba’zi hollarda narxlar oshishi evaziga ham mamlakatda yaratilgan mahsulot hajmi ko’paganga o’xshab ko’rinadi. Bundan tashqari aholi migratsiyasi va tabiiy ko’payishi holati ham muhim rol o’ynaydi. Iqtisodiy o’sishni YaIM mutloq hajmining ortishi orqali yoki aholi jon boshiga real YaIM miqdorining ortishi orqali o’lchash buning qanday maqsadda amalga oshirilayotganiga bog’liq bo’ladi. Odatda biron-bir mamlakat iqtisodiy o’sishini YaIM mutloq hajmining ortishi orqali o’lchash uning iqtisodiy salohiyatini baholashda, aholi jon boshiga real YaIM miqdorining ortishi orqali o’lchash esa mamlakatdagi turmush darajasini taqqoslashda qo’llaniladi. Mamlakatning iqtisodiy o’sish sur’atini tavsiflaydigan mazkur ko’rsatkichlar (real YaIM va aholi jon boshiga real YaIM ning o’sishi) miqdoriy ko’rsatkichlar bo’lib, ular birinchidan, mahsulot sifatining oshishini to’liq hisobga olmaydi va shu sababli farovonlikning haqiqiy o’sishini to’liq tavsiflab berolmaydi; ikkinchidan, real YaIM va aholi jon boshiga YaIM ning o’sishi bo’sh vaqtning sezilarli ko’payishini aks ettirmaydi va farovonlik real darajasining pasaytirib ko’rsatilishiga olib keladi; uchinchidan, iqtisodiy o’sishni miqdoriy hisoblash boshqa tomondan uning atrof muhitga va insonning hayotiga salbiy ta’sirini hisobga olmaydi. Download 122.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling