O’zbekiston iqtisodiy o’sishida milliy boylikning ahamiyati
Download 122.86 Kb.
|
O\'zbekiston-iqtisodiy-o\'sishida-milliy-boylikning-ahamiyati
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kirish Kurs ishi mavzusining dolzarbligi
KURS ishi Toshkent – 2020 Mundarija
Kirish Kurs ishi mavzusining dolzarbligi. O’zbekistonda iqtisodiy o’sishga ta’sir etuvchi omillarni, jumladan milliy boylikni tadqiq qilish va ular o’zgarishini o’rganish hamda ular asosida olingan xulosalarni iqtisodiy hayotga tatbiq etish bugungi kunning eng muhim masalalaridan biri hisoblanadi. Mavjud iqtisodiy tizimni butunlay yangi tartiblar asosida isloh qilish iqtisodiyotning rivojlanishidagi turli nomutanosibliklar hamda tanglik holatlarini keltirib chiqarishi mumkin. Shu sababli bozor iqtisodiyotiga o’tish yo’lida iqtisodiyotni jonlantirish, bir tekis rivojlantirish, barqaror iqtisodiy o’sishga erishish jarayoni qonuniy bosqich hisoblanadi. Iqtisodiy o’sish jarayoni iqtisodiy rivojlanishda inqiroz holatlarining oldini olish uchun ishlab chiqarish va chiqarilayotgan mahsulot tarkibini o’zgartirishga yo’naltiriladi. Respublikada iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning dastlabki davrida iqtisodiy o’sishni ta’minlashdan ko’zda tutilgan asosiy maqsad eng avvalo makroiqtisodiyotda muvozanatlikni ta’minlash, ishlab chiqarishni keskin darajada pasayishining oldini olish va ommaviy ishsizlikning kelib chiqishiga yo’l qo’ymaslikdan iborat bo’ldi. Keyingi paytlarda iqtisodiy o’sishga ta’sir etuvchi omillar, jumladan milliy boylikdan samarali foydalanish natijasida yaratilayotgan yalpi ichki mahsulotning barqaror tarzda o’sayotganligini, inflyasiya va boshqa makroiqtisodiy ko’rsatkichlarning prognoz darajasida ekanligini kuzatishimiz mumkin. Bozor iqtisodiyoti davrida hamma yaratilgan mahsulotlar va to’plangan boyliklar, hatto ishchi kuchi ham tovar shaklida harakat qiladi, chunki ularning hammasi sotiladi va sotib olinadi (tabiiy boyliklar bundan mustasno). Agar biz to’plagan milliy boylikni tovarlar yig’indisi va har bir tovar uning bir bo’lakchasi, bir hujayrasi deb, tovardagi ikki tomonlama xususiyatdan kelib chiqib qarasak, unda milliy boylikning mazmunini tushunish oson bo’ladi. Milliy boylikdan samarali foydalanish asosida iqtisodiy o’sishni bir necha barobar oshirishga erishish mumkin. Bu boradi prezidentimiz Sh.M. Mirziyoyev ta’kidlaganlaridek “Biz kelgusi besh yil uchun yuqori iqtisodiy o’sishni taʼminlash, soliq-byudjet siyosatini takomillashtirish, sanoat tarmoqlari, energetika, transport, qishloq xo’jaligi, uy-joy va kommunal sohalarni rivojlantirish borasida katta marralarni belgilab oldik. Jumladan, yalpi ichki mahsulotni qariyb 2 barobar oshirish yoki 58 milliard dollardan 100 milliard dollarga yetkazish zarur”1. Iqtisodiy o’sishni ta’minlovchi strategik tarmoqlarda bir qator davlat dasturlari amaliyotga tatbiq etilishi natijasida mamlakatimiz iqtisodiy taraqqiyotining yuqori ko’rsatkichlarga erishayotganligi, infratuzilmalarning rivojlanishi, iqtisodiyotning erkinlashtirilishi, samarali va bosqichma-bosqich amalga oshirilayotgan islohotlar tufayli yangidan-yangi imkoniyatlarni yuzaga keltirmoqda. Bunday holat esa, O’zbekistonda iqtisodiy o’sishga ta’sir etuvchi omillarni, shu jumladan milliy boylikni o’rganishning naqadar dolzarbligini yana bir bor ochib beradi. Yuqoridagi ta’kidlab o’tilgan fikrlar mazkur kurs ishi mavsuzining dolzarb ahamiyatga ega ekanligidan dalolat beradi. Download 122.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling