O'zbekiston iqtisodiyotini barqaror rivojlantirishda makroiqtisodiy dasturlarni ishlab chiqIsh va amalga oshirish yondashuvlaridan foydalanish


Download 1.1 Mb.
bet4/8
Sana22.04.2023
Hajmi1.1 Mb.
#1379038
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
O\'zbekiston iqtisodiyotini barqaror rivojlantirishda makroiqtisodiy dasturlarni ishlab chiqIsh va amalga oshirish yondashuvlaridan foydalanish

Mamlakatning makroiqtisodiy holati ijtimoiy ishlab chiqarish,inflyatsiya, ishsizlik hamda bandlik, aholining moddiy farovonligi darajasi va boshqalar bilan belgilanadi.Makroiqtisodiy holatni aks ettiruvchi asosiy ko‘rsatkichlar quyidagilar

  • hisoblanadi:
  • — yalpi ijtimoiy mahsulot, yalpi milliy mahsulot, yalpi ichki mahsulot, milliy daromad;
  • — davlat byudjeti taqchilligi, deflyator, iste’mol baholar indeksi,inflyatsiyaning o‘sish sur’ati;
  • — ishsizlik darajasi va ishsizlar soni, aholining ish bilan bandligi darajasi;
  • — aholining moddiy ne’matlar va xizmatlar iste’moli hajmi, uning jamg‘armalari, ish haqining quyi miqdori va boshqalar.

Yalpi milliy mahsulot (YAMM) – milliy xo‘jaliklarda bir yil davomida vujudga keltirilgan va bevosita iste’molchilarga borib tushishi mumkin bo‘lgan tayyor pirovard mahsulot va xizmatlarning bozor bahosidagi qiymatidan iborat bo‘ladi. YAMM milliy iqtisodiyotda yil davomida ishlab chiqarilgan barcha pirovard mahsulot (xizmat)larning bozor baholaridagi summasi demakdir. Joriy yilda ishlab chiqarilgan barcha mahsulotlar sotilmasligi mumkin, ularning bir qismi zaxiralarni to‘ldiradi. Shu sababdan YAM4M hajmini hisoblab topishda zaxiralarning har qanday o‘sishi hisobga olinishi zarur, chunki YAMM yordamida joriy yildagi barcha mahsulotlar (sotilganva sotilmagan) hisobga olinadi. Milliy ishlab chiqarishning yalpi hajmini to‘g‘ri hisoblab chiqish uchun mazkur yilda ishlab chiqarilgan barcha mahsulot va xizmatlar bir marta hisobga olinishi kerak. YAMM hajmini topishda sotilgan va qayta sotilgan mahsulotlarni ko‘p marta hisobga olishni bartaraf qilish uchun xo‘jalikning barcha tarmoqlarida yaratilgan, qo‘shilgan qiymatlar yig‘indisi olinadi. Qo‘shilgan qiymat — korxona tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulot qiymatidan yetkazib beruvchilardan sotib olingan va iste’mol qilingan xom ashyo va materiallar qiymati chiqarib tashlangandan keyin qolgan qismining bozor qiymatidir.

  • Yalpi milliy mahsulot (YAMM) – milliy xo‘jaliklarda bir yil davomida vujudga keltirilgan va bevosita iste’molchilarga borib tushishi mumkin bo‘lgan tayyor pirovard mahsulot va xizmatlarning bozor bahosidagi qiymatidan iborat bo‘ladi. YAMM milliy iqtisodiyotda yil davomida ishlab chiqarilgan barcha pirovard mahsulot (xizmat)larning bozor baholaridagi summasi demakdir. Joriy yilda ishlab chiqarilgan barcha mahsulotlar sotilmasligi mumkin, ularning bir qismi zaxiralarni to‘ldiradi. Shu sababdan YAM4M hajmini hisoblab topishda zaxiralarning har qanday o‘sishi hisobga olinishi zarur, chunki YAMM yordamida joriy yildagi barcha mahsulotlar (sotilganva sotilmagan) hisobga olinadi. Milliy ishlab chiqarishning yalpi hajmini to‘g‘ri hisoblab chiqish uchun mazkur yilda ishlab chiqarilgan barcha mahsulot va xizmatlar bir marta hisobga olinishi kerak. YAMM hajmini topishda sotilgan va qayta sotilgan mahsulotlarni ko‘p marta hisobga olishni bartaraf qilish uchun xo‘jalikning barcha tarmoqlarida yaratilgan, qo‘shilgan qiymatlar yig‘indisi olinadi. Qo‘shilgan qiymat — korxona tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulot qiymatidan yetkazib beruvchilardan sotib olingan va iste’mol qilingan xom ashyo va materiallar qiymati chiqarib tashlangandan keyin qolgan qismining bozor qiymatidir.

Download 1.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling