O‘zbekiston iqtisodyotini xorijiy va milliy investitsiyalar yordamida rivojlantirish
Download 357.54 Kb. Pdf ko'rish
|
o-zbekiston-iqtisodyotini-xorijiy-va-milliy-investitsiyalar-yordamida-rivojlantirish (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 10 | 2021 ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723
- Scientific Library of Uzbekistan Academic Research, Uzbekistan 423 www.ares.uz
TAHLIL VA NATIJALAR Respublika iqtisodiyotining ustuvor tarmoqlarida investitsiya loyihalarini amalga oshirishning zaruriyati quyidagilardan kelib chiqadi: ishlab chiqarish quvvatlarining jismoniy va ma‟naviy yeskirganligi, ularning qayta tiklashga yoki texnik jihatdan qayta jihozlashga yoki umuman yangilashga oid bo„lib qolganligi; sanoat tarmog„ida moddiy texnika bazasining o„ta pastligi va ko„pgina zarar ko„rib ishlaydigan korxonalarning mavjudligi; respublika milliy daromadida jamg„arish bilan iste‟mol o„rtasidagi nisbatning iste‟mol tomonga ko„plab sarflanayotgani va jamg„arishning investitsiya manbayi sifatida kamayib borayotganligi; O„zbekistonning tabiiy boyliklarga boyligi va bu yerda ko„plab qayta ishlovchi korxonalarni qurish imkoniyating mavjudligi; aholi sonining o„sib borayotganligi (mehnat resurslari) va kichik zamonaviy ixcham korxonalarni barpo yetish, ularni mehnat resurslarining manbai bo„lmish qishloqqa yaqinlashtirish zarurligi; respublika 3 “Science and Education” Scientific Journal Volume 1issue 4 July 2020 Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 10 | 2021 ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89 DOI: 10.24412/2181-1385-2021-10-420-427 Google Scholar Scientific Library of Uzbekistan Academic Research, Uzbekistan 423 www.ares.uz eksportida xom ashyo salmog„ini kamaytirish va ko„plab tayyor mahsulotlar chiqarish imkoniyatiga yega bo„lish zarurligi va boshqalar. Shuni ham ta‟kidlab o„tish joizki, 2021-2023 yillarga mo„ljallangan Investitsiya dasturida Respublikaa xomashyo bazasini kengaytirish va uni qayta ishlashni chuqurlashtirish, yuqori qo„shilgan qiymatli raqobatbardosh tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish hajmlarini oshirish, iqtisodiyot tarmoqlariga to„g„ridan- to„g„ri xorijiy investitsiyalar va yuqori texnologiyalarni keng jalb qilish, investitsiya loyihalarining ijtimoiy-iqtisodiy samaradorligini ta‟minlash, shu asosda yuqori daromadli ish o„rinlarini yaratish hamda hududlarni jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish maqsadida qilinishi kerak bo„lgan tadbirlar keltirib o„tilgan. Jumladan: 928,3 trln so„m miqdoridagi markazlashgan va markazlashmagan investitsiyalar, 37,5 mlrd AQSh dollari miqdoridagi xorijiy investitsiyalar o„zlashtirilishini nazarda tutuvchi 2021-2023-yillarda kapital qo„yilmalarni o„zlashtirishning yig„ma prognoz parametrlari; 226 ta yangi ishlab chiqarish quvvati va 34 mingdan ziyod ish o„rni yaratilishini nazarda tutuvchi 2021 yilda yirik ishlab chiqarish ob‟ektlari va quvvatlarini ishga tushirish bo„yicha manzilli dasturi ma‟qullangan 4 . 2020-2022 yillarga mo„ljallangan Investitsiya dasturida: 850,5 trln so„m investitsiyalar, shu jumladan 35,5 mlrd AQSh dollari miqdoridagi xorijiy investitsiyalar o„zlashtirilishini nazarda tutuvchi 2020-2022- yillarda kapital qo„yilmalarni o„zlashtirishning yig„ma prognoz parametrlari, shuningdek, 2020-2022 yillarda investitsiyalar va kreditlarni o„zlashtirish hamda jalb qilishning prognoz parametrlari; 206 ta yangi ishlab chiqarish quvvatlari va 31 mingdan ziyod ish o„rinlari yaratilishini nazarda tutuvchi 2020-yilda yirik ishlab chiqarish ob‟ektlari va quvvatlarini ishga tushirish manzilli dasturi ma‟qullangan. 5 Investitsiya loyihalarini amalga oshirish mexanizmlarini tubdan takomillashtirish va soddalashtirish, investitsiyalarni, avvalo, to„g„ridan to„g„ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va o„zlashtirishni kengaytirish bo„yicha keng ko„lamli ishlar amalga oshirildi. O„zbekiston Respublikasining 2021-2023-yillarga mo„ljallangan investitsiya dasturi yig„ma prognoz parametrlariga 6 ko„ra: 4 O`zbekiston Respublikasining “O`zbekiston Respublikasining 2021-2023-yillarga mo`ljallangan investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi PQ-4937 son qaroridan 5 “O`zbekiston Respublikasining 2020-2022-yillarga mo`ljallangan investitsiya dasturini amalga oshirish chora- tadbirlari to`g`risida”gi PQ-4563 son qaroridan 6 O`zbekiston Respublikasining “O`zbekiston Respublikasining 2021-2023-yillarga mo`ljallangan investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi PQ-4937 son qaroridan |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling