O'zbekiston ishchi kuchi migratsiyasining rivojlanish omillari va kamchiliklari Reja
Globallashuv sharoitida O’zbekiston aholisining migratsion jarayonlardagi ishtiroki va uning asosiy tendensiyalari
Download 52.43 Kb.
|
Sharifjon KURS IWI cala
- Bu sahifa navigatsiya:
- O’zbekistonda ro’y berayotgan migratsion jarayonlar va ularning aholi bandligiga ta’siri
Globallashuv sharoitida O’zbekiston aholisining migratsion jarayonlardagi ishtiroki va uning asosiy tendensiyalari
Bugungi globallashuv sharoitida ertangi kunimiz, bugundan yaxshiroq bo’lishini hohlar ekanmiz, dunyo bo’ylab yuz berayotgan migratsiya jarayonlarini va uning rivojlanish muammolarini o’rganishimiz zarur. Buning uchun ayniqsa, aholining soni va ko’payishi sabablari hamda uning migratsiyasi omillari bilan bog’liq bo’lgan demografik ko’rsatkichlarni tarixiylik prinsiplaridan kelib chiqib, retrospektiv usulda talqin qilmog’imiz talab etiladi. Avvalambor ta’kidlash joizki, bugun ijtimoiy tarix va demografiya fanlarining umumiy rivojidagi o’zaro bog’liqlik kuchayib, demografik vaziyatning buguni va kelajagiga bo’lgan qiziqish aholishunoslikning o’tmishiga bo’lgan e’tiborni kuchaytirmoqda. Boshqacha aytganda, «biz qanchamiz?, kelajakda qancha bo’lamiz?» - degan savollarga javob berishdan avval «biz qancha edik?» degan savolga javob berishimiz lozim. Chunki uzoq davr mobaynida, yetmish yildan ortiqroq hukmronlik qilgan sovet davlatida demografik jarayonlarga yetarli e’tibor berilmadi. Shu bois, demografiya masalalarini, xususan aholining bir joydan boshqa joyga qo’chishi (migratsiyasi)ni tadqiq etishda ham, o’zaro fanlararo yondoshuv nihoyatda zarur bo’lmoqda. Dunyo aholisi son va sifat jihatidan o’zgarmasdan bir nuqtada turaveradigan, tarixiy taraqqiyotga befarq qaraydigan muayyan narsa emas. Hozirgi paytda dunyo aholisining soni yiliga 74-76 mln. kishiga ko’paymoqda. Bu bilan XXI asrning dastlabki 50 yilida dunyo aholisi soni oshib, 9,1 mlrd. kishiga yetadi. Jamiyat tashkil topganidan to hozirgi davrga qadar mavjud bo’lgan tarix–bu aslini olganda, aholining tarixidir. Shu bois, har qanday tarixiy davrda jamiyat taraqqiyoti darajalarini belgilaydigan muayyan baholash mezonlari tizimi shakllangan va ularning xarakteri, mazmuni dinamik o’zgarib turgan. Hozirgi davrda xalqaro ijtimoiy – siyosiy munosabatlarning globallashuvi bu mezonlarni “tahrir” qilmoqda. Uning asosida esa, jamiyat hayotining barcha sohalarida inson omili ustivorlashuvi yotadi. Zero, inson ijtimoiy–siyosiy va geografik mobilligi, bir tomondan, uning ongi va turmush tarzidagi stereotiplarni o’zgartirishiga olib kelayotgan bo’lsa, ikkinchi tomondan, inson omilining intellektual salohiyati, “mehnat sifatlari” – bilim, kasb, malaka, tajriba va boshqa ijtimoiy–ruhiy ko’rsatkichlari umumiy mobilligini rag’batlantiruvchi omil sifatida qaralishi kerak. Xususan, insonning migratsiya jarayonida siyosiy stereotiplari o’zgarishi va sosiomadaniy dinamik rivojlanishini globallashuv kontekstida tahlil qilish muhim nazariy, metodologik va amaliy ahamiyatga ega. Chunki, aynan shu masalalar dorasida milliy identifikasiya xususiyatlari namoyon bo’ladi. Migratsiya jarayonlari hamma vaqt barcha davlatalarda obektiv zaruriy jarayon sifatida ijobiy yoki salbiy oqibatlarga olib kelgan. O’zbekistonning hozirgi davlat hududida yashagan halqlarning uch ming yillik tarixiga nazar tashlaydigan bo’lsak, eramizdan avval VI asrda-Eronlik ahmoniylar, IV asrda-Yunon bosqinchisi Aleksandr Makedonskiy, eramizning birinchi asrlarida-Xitoyliklar, VII asrlarda-arab badaviylari, XIII asrlarda-mo’g’il istilochilari, XIX asrdan boshlab, avval Chor Rossiyasi, keyin «qizil imperiya» iskanjasida ezilib yashaganligiga guvoh bo’lamiz. Shulardan kelib chiqib fikr qiladigan bo’lsak, tabiiy ravishda, nega xalqimiz bunchalik ezilib yashagan, sababi nima, degan savol tug’iladi. Uzoq davom etgan bu milliy fojeaning asosiy sababi-millatning g’oyaviy-mafkuraviy tarqoqligi, parokandaligidir. Zero, milliy tariximizda ozodlik, mustaqillik uchun kurashib yorqin iz qoldirgan: Shiroq, To’maris, Spitamen, Muqanna, Najmiddin Kubro, Jaloliddin Manguberdi, Maxmud Tarobiy, Temur Malik va boshqa buyuk milliy qahramonlar xalqni ozodlik, mustaqillik g’oyalariga sobit ergashtirishga harakat qilganlar. Milliy g’oyaning, jamiyat mafkurasining xalq ishonchi, mukammal e’tiqodiga to’la aylanmaganligi sababli mag’lub bo’lganlar. O’zbekiston mustaqillik yillarida milliy davlatchilikning shakllanish jarayonida ta’lim sohasida olib borilgan islohotlar, xususan, kiril alifbosidan lotin alifbosiga asoslangan o’zbek yozuviga o’tilishi, Sharq–G’arb sivilizasiyasi yoki musulmon–xristian konfessiyalari to’qnashuvlarisiz, demografik ko’chishlarni etnik mojarolarsiz amalga oshishiga yordam berdi. Chunki zamonaviy dunyo ilm– fani va adabiyotida o’zbek tilini o’rganishga moslashuvning qiyin kechishi natijasida (bu holat sobiq sovet ittifoqida mavjud bo’lgan tillar ichida rus tilidan boshqa barchasiga tegishli), farzandlarining kelajagini o’ylab taraqqiy etgan davlatlarga ko’chib ketuvchi odamlar soni kundan–kunga oshib boradi. Avvaliga Qrim tatarlari, nemislar, keyin yahudiylar va boshqa millatlar: Rossiya, Yevropa davlatlari, AQSh va Isroil kabi mamlakatlarga chiqib keta boshladilar. Mamlakatdagi navbatdagi katta ko’chish o’tgan asrning 90–yillar oxiri 2000–yillarning boshlariga to’g’ri keladi.Ushbu ko’chishni etnik vataniga qaytish jarayoni deb baholasa bo’ladi va unda asosan rusiy zabon aholining (ruslar, ukrainlar, tatarlar, beloruslar, latishlar, estonlar, litovlar, armanlar, gruzinlar va shu kabilar) Rossiya, Ukraina va Boltiq bo’yi mamlaktlariga ko’chishi boshlandi. Bu vaqtda ham intellektual salohiyatga ega kishilar, ko’pincha ilmiy tahqiqotchilar va o’z o’rniga ega bo’lgan universitet o’qituvchilarining bir qismi Yevropa va AQSh ga keta boshlaydilar. Ko’chish davrida boshqa millat vakillari bilan birgalikda mamlakatning eng yuqori intellektual salohiyatga ega bo’lgan, ko’proq yevropacha, aniqrog’i rusiy zabon mahalliy kishilar ham ko’pchilikni tashkil etardi. Ularning aksariyat qismi tabiiy fan sohalari vakillari bo’lib, ular taniqli fizik–yadrochilar, ximiklar, biologlar, matematiklardan iborat bo’lishgan. Mamlakat hududidagi migratsion jarayonlarning uchinchisi esa, 2005 yillardan avj ola boshladi. Bu vaqtda endi avvaldan shu hududda yashab kelgan qozoqlar, qoraqalpoqlar va qisman qirg’izlarning Qozog’istonga ko’chishini misol qilish mumkin. Ularning asosiy qismi, to’g’rirog’i yoshlar ushbu mamlakatning to’liq fuqaroligini olish uchun “repariasiya”, ya’ni “ko’chirib kelish” (Qozog’istonda “oralman”) maqomi bilan ko’chib keta boshladilar. Bu vaqtda Qozon va boshqird tatarlari Tatariston, Boshqirdiston va Rossiyaning boshqa hududlariga oila a’zolari bilan keta boshladilar. O’zbekistonning mustaqil davlat sifatida xalqaro iqtisodiy munosabatlar tizimiga qo’shilishi uni jahon mehnat bozorida ham faol qatnashishini taqozo etadi. Iqtisodiyotni isloh qilishning dastlabki yillaridagi joylashtirish bilan shug’ullanuvchi barcha jismoniy va yuridik shaxslar yoki xorijiy ish beruvchilar bilan xususiy ravishda kontrakt tuzilgan fuqarolar hamda ishlash uchun O’zbekistonga kelayotgan chet el fuqarolari tegishli davlat idoralaridan ruxsatnoma (lisenziya) olishlari lozim. Boshqacha qilib aytganda, mamlakatimizda qabul qilingan huquqiy, tashkiliy-iqtisodiy xususiyatga ega bo’lgan hujjatlar, tashqi mehnat migratsiyasi sohasida davlat siyosatining asosiy vazifalarini hal etishga yo’naltirilgan, ya’ni milliy mehnat bozorida ishchi kuchi kasb-malaka tarkibini muvozanatga keltirishga, xorijda ishlayotgan, yashirin tashqi mehnat migratsiyasining oldini olishga va boshqalarga qaratilgan. Ayni vaqtda O’zbekistonda mehnat bozorini axborot metodik bazasi shakllanishiga qarab, davlat migratsiya xizmatini yanada kengaytirish bilan bir qatorda shunday vazifani bajaruvchi muqobil xizmatni ham rivojlantirish choralari qidirilmoqda. Migratsiya jarayonidagi katta o’zgarish 1989-1990 yillarda ro’y berdi. Ushbu ikki yil ichida O’zbekistondan rasmiy ma’lumotlarga ko’ra, 400 mingga yaqin odam ko’chib keldi, migratsiyaning manfiy qoldig’i esa –233,7 ming kishini, shu jumladan, xorijiy mamlakatlar bilan –34,1 ming kishini tashkil qildi. SSSR parchalangandan keyin, O’zbekistonda migratsiya jarayoni butunlay o’zgardi. O’zbekistondan rusiyzabon va boshqa millatlarning ko’chib ketishi, aksincha O’zbekistonga qo’shni respublikadan o’zbeklarning ko’chib kelish tendensiyasi kuchaya boshladi. Keyingi yillarda O’zbekistonda rusiyzabon aholining ko’chib ketishi keskin kamaymoqda. Bundan tashqari mamlakatimizda ko’chib ketganlarning yana qaytib kelishi (reyemigratsiya) sharoitlari kuzatilmoqda. Mustaqillik yillarida O’zbekistonda ichki migratsiya harakatlarining pasayishi kuzatilmoqda, uning asosiy sabablaridan biri, bozor iqtisodiyotiga o’tish sharoitidagi murakkab sotsial- iqtisodiy o’zgarishlar jarayonidir. O’zbekistonda hozirgi paytda yashash joyini o’zgartirish bilan bog’liq bo’lgan qishloq-shahar yo’nalishidagi doimiy migratsiya va o’qishga, ishlashga (vaqtinchalik) keladigan vaqtinchalik migratsiya oqimlari ham sezilarli darajada kamaydi. Ma’lumki, shaharlardan rusiyzabon aholining ko’chib ketishi yildan- yilga ko’payib bormoqda. Ushbu vaziyat respublikada azaldan past bo’lgan urbanizasiya darajasining yanada kamayishiga olib kelmoqda. Aholi migratsiyasining yo’nalishlari ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishi va joylanishi bilan, xo’jalik tarmoqlarining ishchi kuchi bilan ta’minlanganlik darajasi va aholining turmush darajasidagi tafovutlar bilan belgilanadi. Ko’chib yuruvchi aholi to’rt yo’nalish bo’yicha harakatlanadi. Bular shahardan shaharga, shahardan qishloqqa, qishloqdan shaharga va qishloqdan qishloqqadir. Aholi harakati yo’nalishlari millatlar orasida har xil bo’lib, o’zbek, qozoq, tojik, turkmanlar asosan qishloqdan shaharga yo’nalishida harakat qilsa rus, ukrain, yahudiylar shahardan shaharga yo’nalishida harakat qilishganligi statistik ma’lumotlardan ma’lum bo’ldi. O’zbekiston mustaqil davlat deb tan olingan bir davrda aholining milliy tarkibini o’rganish katta ahamiyatga egadir chunki millatlarning ko’payish istiqbolni o’rganish faqat demografik nuqtai nazardan emas, balki siyosiy, sotsial- iqtisodiy rivojlanish yo’lini aniqlashda ham katta ahamiyatga ega. Ma’lumki O’zbekistonda aholi sonining o’sib borishi mehnat resurslarining tez o’sishiga olib kelmoqda. Ayniqsa qishloq joylarida yashaydigan aholining migratsion harakatchanligini oshirish muammosi eng dolzarb bo’lib qolyapti. Ana shu muammolarni to’g’ri hal etish O’zbekiston Respublikasi aholisining xududiy harakati va undagi o’zgarishlarni ilmiy o’rganishni talab etmoqda. Hozirgi kunda eng dolzarb muammolardan biri qishloq oilalarida ortiqcha ishchi kuchining to’planib qolishidir. O’zbekiston iqtisodiyotining hozirgi taraqqiyotida ishlab chiqaruvchi kuchlardan oqilona foydalanishning zarurligi, kichik va o’rta shaharlarni har tomonlama rivojlantirishni taqazo etadi. Kichik va o’rta shaharlarda mahalliy hom ashyo hisobiga yangi sanoat tarmoqlarini tashkil etish yoki xalq hunarmandchiligining umuman xalq iste’mol buyumlari ishlab chiqarishning xilma xil tarmoqlarini rivojlantirish asosida yangi ish joylarini tashkil qilib, ortiqcha mehnat yoshidagi aholini ish bilan ta’minlash muammosini ma’lum darajada hal qilish mumkin. Kichik va o’rta shaharlarda ishlab chiqarishni rivojlantirish hisobiga u yerga qishloq joylaridagi ortiqcha ishchi kuchlari jalb qilish maqsadga muvofiq bo’lur edi. Bugun O’zbekistonda migratsiya progressiv asosida rivojlanmoqda. Mazkur mavzuni ilmiy jihatdan tadqiq etish katta mablag’ va vaqt talab etadi. Ushbu mavzuni yoritish ham malakaviy bitiruv ishi chegaralaridan katta bo’lib hisoblanadi. Shu sababli biz, mavzuni o’rganish uchun sosiologiya fanida keng tarqalgan “biografik uslub”dan foydalanish bilan cheklandik. Mazkur uslub bilan muhojirlar tomonidan yozilgan xat, kundalik daftar, memuarlar o’rganilib chiqiladi. bizning nazarimizda, migratsiya jarayonida ishtirok etayotgan har bir O’zbekistonlikning yaqin qarindoshlari bor. Ular olgan xat (bu elektron xat ham bo’lishi mumkin) va ayrim kundalik daftarlari, rasmiy hujjatlar va foto hujjatlar ham bo’lishi tabiiy. Ularni o’rganish natijasida migrant ijtimoiy , iqtisodiy ahvoli, ruhiy holati haqida muayyan tasavvurlar shakllanadi. Mamlakatimizda demografik jarayonlarning murakkab ko’rinishiga sabab bo’lgan omillardan biri aholining hududlar bo’ylab notekis taqsimotidir. Aholining mamlakat mintaqalarida turli zichlikda joylashuvi o’ziga xos muammo hisoblanib, bu holat mamlakatning tarixiy – geografik va tabiiy–iqlimiy xususiyatlari hisobiga yuzaga kelgan. Respublikamizda aholi soni sezilarli darajada o’sib borayotganligi sababli, uning zichligi ham oshib bormoqda, Aholi zichligi ko’rsatkichlariga tabiiy geografik iqlim, iqtisodiy, ijtimoiy , siyosiy, madaniy va shu kabi omillar ta’sir qiladi. Shuningdek, aholining migratsiya harakatlari ham mehnat potensialining hududlar bo’ylab qayta taqsimlanishi va takror ishlab chiqarishning yuzaga keltiruvchi asosiy manbalaridan biridir. Demografik va migratsion haraktlar bevosita aholi soniga ta’sir qilib qolmasdan, uning yosh va jins strukturasi o’zgarishlarga ham sabab bo’ladi. Aholining yosh va jins strukturasi o’zgarishlarga ham sabab bo’ladi. Aholining yosh va jins tarkibi mehnat potensialining ham miqdor ham sifat jihatidan shakllanishining bosh omillaridan hisoblanadi. Mehnatga yaroqli yoshdagi aholi sonining nisbiy va mutloq ko’rsatkichlari o’zgarishi: mehnat potensiali shakllanishiga va u orqali mamlakat iqtisodiy taraqqiyoti sur’atlariga katta ta’sir ko’rsatadi. Shuning uchun migratsiya jarayonini boshqarish, tashkillashtirish va nazorat qilish lozim. Ma’lumki, aholining barqaror rivojlanishida, tug’ilish jarayonlarining u yoki bu darajada tartibga solinishida davlat siyosati hamda mavjud milliy an’analar va diniy qadriyatlar ta’sir kuchiga ega. Tabiat qonuniyatidan kelib chiqadigan bo’lsak, yangi insonning dunyoga kelishida jins omili katta ahamiyat kasb etadi. Migratsion jarayonlarda ilk vaqtlarda erkak jinsiga mansub bo’lganlar faol qatnashgan bo’lsalar, keyinchalik ayollarning ham bunda ishtirok darajasi keskin oshib bormoqda. Bu esa, mamlakatning kelajakdagi demografik istiqbolini belgilashda muhim ahamiyat kasb etadi. Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda quyidagilarni yakun sifatida keltirish mumkin: mamlakatimizda migratsiya muammolarini “biografik” uslub yordamida tahlil qilish, uning ijtimoiy, iqtisodiy va ruhiy–ma’naviy jihatlarini yoritishga va boshqaruvda muqobil vostalarni tanlashga xizmat qiladi; Migratsiyaning nomuntazam ichki va tashqi ko’rinishlari jamiyat ijtimoiy–iqtisodiy rivojlanishiga o’ziga xos ta’sir qilib, uni boshqarish muammosi xalqaro hamkorlikni taqozo qiladi. O’zbekistonda olib borilayotgan keng qamrovli ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar natijasida ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyoti shakllantirildi. Mamlakatda mavjud bo’lgan mehnat salohiyatidan samarali foydalanish bu maqsadga erishishni ta’minlovchi muhim omillardan biridir. Demak, aholining tabiiy harakatlanishi. uning takror yaratilishi ko’pgina holatlar bilan mamlakatning industrial taraqqiyoti, urbanizasiya darajasi, ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlar, madaniyat va maishiy turmush an’analari, milliy-tarixiy omillar bilan belgilanadi. Ular aholining tug’ilish darajasi va o’rtacha umr ko’rish yoshiga turlicha ta’sir ko’rsatadi, bu esa mamlakatdagi mehnatga layoqatli aholi miqdoridagi o’zgarishlarni vujudga keltiradi. O’zbekistonda ro’y berayotgan migratsion jarayonlar va ularning aholi bandligiga ta’siri 1 Джоэл Коэн. Демография. // Журнал «В мире науки». - М.: 2005, № 12. - С. 17. 2 Джоэл Коэн. Демография. // Журнал «В мире науки». - М.: 2005, № 12. - С. 19. Download 52.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling