O'zbekiston ishchi kuchi migratsiyasining rivojlanish omillari va kamchiliklari Reja


Download 52.43 Kb.
bet1/3
Sana08.01.2022
Hajmi52.43 Kb.
#243585
  1   2   3
Bog'liq
Sharifjon KURS IWI cala


O'zbekiston ishchi kuchi migratsiyasining rivojlanish omillari va kamchiliklari

Reja

Kirish


  1. Migratsion jarayonlarni o’rganishning nazariy - metodologik asosi

  2. O’zbekistonda aholining migratsion jarayonlardagi ishtiroki tushunchasi va uning mohiyati

  3. Globallashuv sharoitida O’zbekiston aholisining migratsion jarayonlardagi ishtiroki va uning asosiy tendensiyalari

  4. O’zbekistonda ro’y berayotgan migratsion jarayonlar va ularning aholi bandligiga ta’siri

Xulosa

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati



  1. Migratsion jarayonlarni o’rganishning nazariy - metodologik asosi

Aholi migratsiyasining harakati turli xil omil va sabablarning o’zaro ta’siri natijasida yuzaga keladi. Aholini bir joydan ikkinchi joyga ko’chib yurishga majbur qiluvchi sabablardan eng muhimi iqtisodiy-ijtimoiy sabablar, ya’ni ishsizlik, munosib ish topish, oliy va o’rta mahsus ma’lumot olish, ya’ni o’qish ajralib turadi. Shuningdek, iqlimning salbiy ta’siri, moddiy madaniy-maishiy sharoitdan qoniqmaslik hamda oilaviy sharoitlarning ta’siri va h.k.ni sanab o’tish mumkin.

“Migratsiya” terminini qisqacha ta’riflaganda, u lotincha so’zdan olingan bo’lib, aholining doimiy yashash joyi o’zgargani holda bir aholi punktidan ikkinchi aholi punktiga ko’chib yurishni anglatadi. Demak, aholining xududlar bo’ylab qilgan harakati – aholi migratsiyasi deyiladi. Migratsiyada ishtirok etuvchi kishilarni esa migrantlar deyiladi.

Migratsiya – ichki va tashqi migratsiyaga bo’linadi. Ichki migratsiya mamlakat ichkarisida aholining xududlar bo’ylab, ya’ni shahar bilan qishloq o’rtasida qayta taqsimlanishiga olib keladi va u mamlakatda aholi va oilalar sonining ko’payishi yoki kamayishiga sabab bo’ladi.

Aholining migratsion harakati asosan uch turga, ya’ni doimiy migratsiyaga, mavsumiy migratsiyaga va tebranma migratsiyaga bo’linadi. Kishilarning bir aholi punktidan boshqa bir aholi punktiga, masalan, qishloqdan shaharga yoki davlatlararo doimiy yashash joyini o’zgartirish maqsadida ko’chib yurishi doimiy migratsiyaga xos jarayondir. Doimiy migratsiya mamlakatning ichki xududida va davlatlararo bo’lishi mumkin.

Mavsumiy va tebranma migratsiya asosan ichki migratsiyaga xos xususiyat bo’lib, aholi migratsiyasining asosiy turlaridan biri bo’lib hisoblanadi. Mavsumiy migratsiya uchun aholining vaqtinchalik xududiy harakat qilishi harakterlidir. U o’z navbatida mazmun va maqsadiga ko’ra iqtisodiy va ijtimoiy-madaniy jarayonlarga xos turlarga bo’linadi.

Kishilarning bir aholi punktidan boshqa bir aholi punktiga ishlash va o’qish maqsadida har kuni yoki har haftada harakat qilishi tebranma migratsiyani tashkil etadi. Ushbu migratsiya urbanizasiya sharoitida vujudga keldi va rivojlanishi uchun imkoniyat tug’ildi. Tebranma migratsiyaning asosiy yo’nalishi qishloqdan shaharga, kichik shaharlardan katta shaharlarga bo’ladi. Aholi joylashishi bilan ishlab chiqarishni joylashtirishdagi nomutanosibliklar tebranma migratsiyaning asosini tashkil etadi.

Ko’chib yurish intensivligi erkaklarga ham, ayollarga ham xosdir. Tadqiqotlar ko’rsatishicha keyingi yillarda ayollar orasida migrantlar soni bir muncha ko’paydi.

Aholi migratsiyasining yo’nalishlari ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishi va joylanishi bilan, xo’jalik tarmoqlarining ishchi kuchi bilan ta’minlanganlik darajasi va aholining turmush darajasidagi tafovutlar bilan belgilanadi. Ko’chib yuruvchi aholi to’rt yo’nalish bo’yicha harakatlanadi. Bular shahardan shaharga, shahardan qishloqqa, qishloqdan shaharga va qishloqdan qishloqqadir. Aholi harakati yo’nalishlari millatlar orasida har xil bo’lib, o’zbek, qozoq, tojik, turkman, qirg’iz, qoraqalpoqlar asosan qishloqdan shaharga yo’nalishida harakat qilsa rus, ukrain, yahudiylar shahardan shaharga yo’nalishida harakat qilishganligi statistik ma’lumotlardan ma’lum bo’ldi.

Tashqi migratsiya albatta oilalar soniga, milliy tarkibiga va turli ijtimoiy guruhga xos oilalar shakllanishiga o’z ta’sirini ko’rsatdi. O’lkamiz qadimda Buyuk ipak yo’lida joylashganligi, o’lkamizning boy tabiiy resurslari mavjudligi, iqlim sharoitining yaxshiligi sababli minglab turli millat vakillarining oilalarini ko’chib kelishiga qulay sharoit yaratdi. Bularning barchasi O’zbekistonda oila shakillanishiga ta’sir etib, ular sonining miqdoriy o’zgarishi va etnik tarkibi turlicha bo’lishiga sabab bo’ldi.

Ta’kidlash joizki keyingi yillarda oilalarning milliy tarkibida mahalliy millat oilalarining salmog’i ortib bormoqda. Bu hol mahalliy millat oilalarida tabiiy o’sishning yuqoriligi va ularning ko’chib yurishiga ko’p ham moyil emasligi bilan izohlanadi. Aksincha nomahalliy millat oilalarida tabiiy o’sish past va ularning migratsion harakatga moyilligi kuchli hamda ularning ba’zilari tarixiy vatanlariga qaytish huquqiga erishdilar.

Insoniyat mavjudligi va uning rivojlanish darajalari, bir tomondan, jamiyat a’zolarining ijtimoiy , iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy–mafkuraviy mobilligiga bog’liq bo’lgan. Boshqa tomondan esa, ayni shu mobillikning har bir tarixiy zamon ijtimoiy makondagi o’ziga xos xususiyatlari jamiyat taraqqiyotini belgilovchi mezon sifatida e’tirof etilgan. Agar migratsiya jarayonining obekti ham, subekti ham inson ekanligini nazarda tutsak, uning mohiyatini faqat inson omilini ijtimoiy – siyosiy jihatlardan tahlil qilish orqali yoritish mumkinligi aniq bo’ladi. Buning natijasida Yevropadan ko’chib kelgan ziyoli oilalar AQSh fani va madaniyatini, hamda ilmiy salohiyatini yuqori bosqichga ko’tarib, mamlakat xo’jaligiga behisob boylik keltirganlar. Demograflar ilmiy bashoratiga ko’ra, kelgusi 50 yilda jahon aholisi sonining o’sishi asosan rivojlanayotgan mamlakatlar hisobiga yuz berishi tufayli yaqin kelajakda rivojlanayotgan va rivojlangan mamlakatlarda istiqomat qiluvchi aholi o’zaro nisbati o’zgarib, rivojlangan mamlakatlar aholisi kamayib boraveradi, faqatgina dunyodagi eng boy mamlakat AQSh aholisi immigrant (chet ellik muhojir kishi) lar hisobiga ko’payadi.1 Oqibatda, 1950 yilda jahon aholisining rivojlangan davlatlarda yashayotgan qismi, rivojlanayotgan davlatlardagi aholidan ikki baravar kam bo’lgan bo’lsa, 2050 yilga kelib, bu nisbat oltidan birga o’zgaradi va rivojlangan mamlakatlarda yashovchi aholi, dunyodagi jami aholining oltidan bir qismini tashkil etishi kutilmoqda.2

XX asrning ikkinchi yarmidan tashqi migratsiyaning yangi shakli, ya’ni “oqillar ketishi” deb nom olgan migratsiya paydo bo’lgan. Bunday migratsiya G’arbiy Yevropadan AQShga ko’plab ziyoli oilalar ko’chib ketishidan boshlandi.

Ma’lumki, ziyoli oilalar yuqori malakali mutaxassislardan tashkil topgan. Ba’zi davlatlar yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashni o’zlarida takomillashtirish bilan birga o’zga davlatlarning ziyoli oilalarini yo’ldan urib, o’z mamlakatlariga ko’chirib kelishga katta e’tibor berganlar. Bunga yaqqol misol qilib AQShni aytish mumkin. Amerikaliklar bu usuldan 1930 yildan boshlab foydalanadilar. Buning natijasida Yevropadan ko’chib kelgan ziyoli oilalar AQSh fani va madaniyatini, hamda ilmiy salohiyatini yuqori bosqichga ko’tarib, mamlakat xo’jaligiga behisob boylik keltirganlar.

O’zbekiston mustaqil davlat deb tan olingan bir davrda aholining milliy tarkibini o’rganish katta ahamiyatga egadir chunki millatlarning ko’payish istiqbolni o’rganish faqat demografik nuqtai nazardan emas, balki siyosiy, sotsial- iqtisodiy rivojlanish yo’lini aniqlashda ham katta ahamiyatga ega. Ma’lumki O’zbekistonda aholi sonining o’sib borishi mehnat resurslarining tez o’sishiga olib kelmoqda. Ayniqsa qishloq joylarida yashaydigan aholining migratsion harakatchanligini oshirish muammosi eng dolzarb bo’lib qolyapti. Ana shu muammolarni to’g’ri hal etish Respublika aholisining xududiy harakati va undagi o’zgarishlarni ilmiy o’rganishni talab etmoqda. Shu bois, O’zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi huzurida Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi tashkil etildi.



Hozirgi kunda eng dolzarb muammolardan biri qishloq oilalarida ortiqcha ishchi kuchining to’planib qolishidir. O’zbekiston iqtisodiyotining hozirgi taraqqiyotida ishlab chiqaruvchi kuchlardan oqilona foydalanishning zarurligi, kichik va o’rta shaharlarni har tomonlama rivojlantirishni taqazo etadi. Kichik va o’rta shaharlarda mahalliy hom ashyo hisobiga yangi sanoat tarmoqlarini tashkil etish yoki xalq hunarmandchiligining umuman xalq iste’mol buyumlari ishlab chiqarishning xilma xil tarmoqlarini rivojlantirish asosida yangi ish joylarini tashkil qilib, ortiqcha mehnat yoshidagi aholini ish bilan ta’minlash muammosini ma’lum darajada hal qilish mumkin. Kichik va o’rta shaharlarda ishlab chiqarishni rivojlantirish hisobiga u yerga qishloq joylaridagi ortiqcha ishchi kuchlari jalb qilish maqsadga muvofiq bo’lur edi. Aholi migratsion harakatining yo’nalishi umumdavlat nuqtai nazaridan maqsadga muvofiq bo’lgan taqdirda, ya’ni ishchi kuchi yetishmaydigan xududlarga ko’chib o’tgandagina uning iqtisodiy ahamiyati katta bo’ladi. Migratsiya tufayli yangi-yangi tabiy boyliklarni ishga solish, yangi yerlarni o’zlashtirish, ijtimoiy ishlab chiqarish hajmini kengaytirish mumkin. Ammo migratsiyaning davlat manfaatlariga muvofiq bo’lmagan yo’nalishi, ya’ni aholining mehnat resurslari bilan to’la ta’minlangan xududlarga ko’chib o’tishi, ba’zi xo’jalik tarmoqlarini tayyor ishchi kuchi bilan ta’minlab, yuzaki qaraganda ijobiy ko’rinsada, aslida umumdavlat nuqtai nazaridan maqsadga muvofiq emas. Chunki, bu samarasiz migratsion oqim mahalliy mehnat resurslarini ishlab chiqarishga to’la jalb qilish va ulardan oqilona foydalanishda qiyinchilik tug’diradi. Umuman migratsion jarayonlarida sifat o’zgarishlari sodir bo’lishi uchun migratsiyaning yo’nalishlari asosan xo’jalikning mehnat bilan ta’minlanish geografiyasiga mos kelishi kerak.

Bugun dunyo migratsiyasida ishtirok etayotganlarning soni keskin oshib borayotgani kuzatar ekanmiz, yaqin kelajakda ularning soni yanada oshishi bashorat qilinayotgani bejizga emasligini anglasa bo’ladi. Migratsiya ko’lami kengayishiga kambag’allik, ishsizlik, inson huquqlarining poymol qilinishi, kelajakka nisbatan umidsizlik va tushkunlikka tushish, turli xil nizolar, urushlar tufayli notinchlik, qo’rquv kabi omillar sabab bo’lmoqda.

Migrantlar, o’z tabiatiga ko’ra jamiyatning ishbilarmon va harakatchan a’zolari hisoblanadi. Tarixga nazar tashlaydigan bo’lsak, migratsiya iqtisodiy o’sishga, millatlarning assimilyalashuviga, marginal madaniyatlar boyishiga olib kelgan.

Migratsion jarayonlarni tahlil etishda, uning muhim muammolari mavjudligini ham inobatga olish zarur. Xususan, aksariyat hollarda migrantlar ekspluatasiya qilinib, ularning huquqlari poymol etiladi: migrantlarning kelgan mamlakatlari madaniyati va turmush tarziga moslashuvi, integrasiyalashuvi qiyin kechadi; migrantlarni qabul qilayotgan davlatlar tub aholisini ish joylaridan mahrum etadi. Bu esa, o’z navbatida, mahalliy aholining migrantlarga nisbatan salbiy munosabatlarini shakllantiradi. Ushbu va boshqa ko’plab sabablarga ko’ra, migratsiya muammosini har tomonlama, shu jumladan siyosiy–sosiologik jihatdan o’rganish talab qilinadi.

Migrantlar hayotini kuzatgan mutaxassilarning fikricha, ularning o’z davlatlarida yoki ular boradigan joylarda muhim ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va ruhiy psixologik vaziyat yuzaga keladi. Bugungi kunda rivojlangan yoki rivojlanayotgan davlatlarda migratsiya tajribasini, uning salbiy yoki ijobiy ta’sirini sezmagan odam bo’lmasa kerak.

Migratsiya jarayoni iqtisodiy va ijtimoiy hayotning barcha sohalariga bevosita ta’sir ko’rsatuvchi va o’z navbatida aholi joylashuvidagi muhim muammolar bilan bog’liq aholining hududiy harakatidir. Bugungi kunda aholi migratsiyasi demografiya, iqtisodiyot, siyosatshunoslik, sosiologiya, statistika, etnografiya kabi qator fanlarning tadqiqot obektiga aylandi. Mehnat resurslarining xalqaro migratsiyasi bir necha yuz yillar ilgari boshlanib, bu davrlar oralig’ida jiddiy o’zgarishlarga sabab bo’ldi. Albatta, bu Buyuk geografik kashfiyotlar va uning oqibati bo’lmish xalqaro mehnat taqsimotidagi o’zgarishlar migratsiya jarayonining shu darajada rivojlanishiga sabab bo’ldi. Masalan, Amerika qit’asining kashf etilishi yoki Afrika materigidagi ma’danlarning o’rganilishi Yevropa, Afrika, Amerika qit’alari bo’ylab migratsiya jarayonlarining faollashuvini keltirib chiqardi. Birinchi va ikkinchi jahon migratsiyasi asosan siyosiy jarayonlar bilan bog’liq bo’ldi. Bu davrda aholi migratsiyasiga ta’sir etuvchi boshqa omillar chetda qoldi.

Xalqaro migratsiya bilan bog’liq bo’lgan pul oqimi hajmi 100 milliardlab dollarni tashkil etadi va uni ko’lami jihatidan bemalol yillik bevosita xorijiy investisiyalariga tenglashtirish mumkin. Emigratsiya mehnat resurslari serob bo’lgan mamlakatlar iqtisodiyotiga yaxshi ishlari ta’sir ko’rsatadi, nega deganda, ishchi kuchining chet elga chiqib ketishi ishsizlikni kamaytiradi. Chunonchi, 70- yillarda Misr hukumati ishsizlikka qarshi kurash dasturini qabul qilar ekan, unda Fors ko’rfazi mamlakatlariga bo’ladigan emigratsiyalash, rag’batlantirish choralarini ko’zda tutgan. Puerto-Rikoda eng kam ish haqi qonun bo’yicha ishchi kuchining loaqal uchdan bir qismi AQShga ketishi mo’ljallangan.

«Aqliy talofot» ko’pchilik rivojlanayotgan mamlakatlar ayniqsa, Afrika (Malavi, Sudan, Zambiya) uchun jiddiy muammo bo’lib kelmoqda. Biroq ko’p hollarda mamlakatda iqtisodiy ahvol yaxshilanganda «Aqliy talofot» ham barham topdi. Masalan, hind olimlari Silikon vodiysida yuksak texnologiyaga asoslangan Amerika koorporasiyalarida bir qancha yil ishlab keyin o’z yurtlariga qaytgan hind sanoatida yangi kompyuter dasturlarini yaratish sohasiga asos qo’ydilar.

Immigratsiyaning iqtisodiy samaralari ko’p hollarda yuzaki tarzda salbiy deb baholanadi, buning sababi chet eldan kelgan ishchilar ish joylarini egallab tub aholi o’rtasida ishsizlikni ko’paytiradi. Bunday muammo ham borligini inkor etmagan holda, shuni ta’kidlash lozimki, immigrantlar o’zlari bilan birga, tajriba, bilim, o’quv degan narsalarni olib keladilar. AQSh, Kanada va Avstraliya immigratsiyasi natijasida paydo bo’lgan mamlakatlardir. Ba’zi mamlakatlarda immigrantlar butun bir tarmoqni kelib rivojlantirib yuborishadi. Bunga misol qilib, Indoneziya, Malayziyada ishlagan xitoylik sanoat ishchilarini Afrikada faoliyat ko’rsatgan hind va Livan biznesmenlarini, Fors ko’rfazida xizmat qilgan iordaniyalik va falastinliklarni ko’rsatish mumkin. Qolaversa, immigrantlar ko’pgina mamlakatlarda mahalliy aholi inkor etadigan bo’sh ish joylarini to’ldirishadi.

Migratsion jarayonlarni o’rganishning nazariy-metodologik asoslaridan kelib chiqqan holda qo’yidagilarni keltirish joizdir. Migratsiya jarayonlari milliy ahamiyat kasb etmaydi, balki u globalalshuv sharoitida aholining kasbiy mahorati va bilim darajasidan kelib chiqib, kasb yoki mamlakat joyini o’zgartirishi mumkin. Xalqaro migratsiya yuqori sur’atlarda avj olib borar ekan, unda ijobiy tomonlar bilan birga mamlakat xavfsizligi bilan bog’liq ijtimoiy–siyosiy masalalar ham ustivorlashib bormoqda. Migratsion jarayonlarda eng faol qatlam mehnat migratsiyasi bilan o’lchanadi va uning ahamiyati migrant chiqqan davlat uchun ham, u faoliyat yuritayotgan mamlakat uchun ham umumiy xarakterga ega. Xuddi shuningdek, ijtimoiy ish xodimi kasbining nazariy–metodologik asoslaridan kelib chiqib, migratsiya jarayonida inson omili rolini tadqiq etish va ushbu tushunchani siyosiy-ijtimoiy mohiyatini sosiomadaniy kontekstda tahlil qilish asosida quyidagi xulosalarga kelish mumkin. Yuqorida aytilgan fikrlarni umumlashtirib, migratsion jarayonlarni o’rganishning nazariy-metodologik asosi bo’yicha quyidagiyakunlarni bayon etish mumkin. Migratsiya jarayonlarini tartibga solishda davlatlar o’rtasida «aralash fuqarolik» huquqiy me’yorlarini, qonuniy tizimini yaratish zarurati vujudga kelmoqda. Migrantlarning ikki madaniyat o’rtasida qolishi (marginal shaxs) natijasida vujudga keladigan sotsial muammolarning oldini olish va oqibatini bartaraf qilishning ijtimoiy – ruhiy asoslarini yaratish, ularni boshqarishning zaruriy shartidir. Migrantlar o’rtasida deviantlik hodisasi oldini olish uchun moslashuv (adapsion) muhitini yaratishda yuventologiyaning nazariy xulosalarini, metodologik tavsiyalarini, amaliy takliflarini hayotga keng joriy qilish talab etiladi.

Migratsiya jarayonida inson omilining siyosiy–ijtimoiy mohiyati jamiyatning ijtimoiy–iqtisodiy, siyosiy va madaniy rivojlanish darajasiga bog’liq bo’lib, bugungi globallashgan dunyoda ko’plab ijtimoiy–gumanitar fanlar nuqtai– nazardan tadqiq etish ham alohida ahamiyatga ega. Migratsiya jarayonining siyosiy va ijtimoiy-sosiologik tahlili uning istiqbolda sifatiy, miqdoriy va dinamik shakllanishining ilmiy prognozini berish zaruriyatini taqozo etadi. Barcha sohalarda bo’lganidek, migratsiya jarayonida inson omilining roli ustivorligi ilmiy asoslangan qonuniyat maqomiga ega bo’lib, u jamiyat taraqqiyotining muhim omiliga aylandi. Migratsiya jarayonida inson omili rolini tadqiq etilishi, bir tomondan, jamiyat taraqqiyotida sotsial muammolarni o’rganish imkonini bersa, ikkinchi tomondan, migrantlarning butun dunyo hamjamiyatida alohida sotsial institut sifatida vujudga kelganligini tan olish zaruriyatini ko’rsatadi. Shu tufayli davlatlarning migratsiya jarayonini tashkillashtirish, boshqarish va nazorat qilish siyosati samaradorligi ijtimoiy– iqtisodiy barqaror taraqqiyotda o’ta muhim ahamiyatga ega



  1. Download 52.43 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling