O'zbekiston ishchi kuchi migratsiyasining rivojlanish omillari va kamchiliklari Reja


O’zbekistonda aholining migratsion jarayonlardagi ishtiroki tushunchasi va uning mohiyati


Download 52.43 Kb.
bet2/3
Sana08.01.2022
Hajmi52.43 Kb.
#243585
1   2   3
Bog'liq
Sharifjon KURS IWI cala

O’zbekistonda aholining migratsion jarayonlardagi ishtiroki tushunchasi va uning mohiyati

XXI asrga kelib, inson shunday murakkab sharoitda: o’zining borliqdagi o’rni, hayot mazmuni, ijtimoiy–siyosiy munosabatlardagi maqomi haqida qayta o’ylab ko’rishga majbur bo’lmoqda. Bu esa, O’zbekiston aholisi misolida ham migratsiya jarayonini inson muammosi kontekstida keng ko’lamda va chuqur tahlil qilish borasida ijtimoiy ishchi xodimlari fani oldiga bir qator vazifalarni qo’yadi.

Tadqiqot mavzusi maqsadidan kelib chiqqan holda, inson omilini migrant maqomi kontekstida tahlil qilganda uning ijtimoiy mohiyati konkretlashadi. Lekin, aholi migratsiyasining harakati turli xil omil va sabablarning o’zaro ta’siri natijasida yuzaga keladi. Aholini bir joydan ikkinchi joyga ko’chib yurishga majbur qiluvchi sabablardan eng muhimi iqtisodiy-ijtimoiy sabablar, ya’ni ishsizlik, munosib ish topish, oliy va o’rta mahsus ma’lumot olish, ya’ni o’qish ajralib turadi. Shuningdek, iqlimning salbiy ta’siri, modddiy madaniy-maishiy sharoitdan qoniqmaslik hamda oilaviy sharoitlarning ta’siri va h.k.ni sanab o’tish mumkin.

O’zbekistonning mustaqil davlat sifatida xalqaro iqtisodiy munosabatlar tizimiga qo’shilishi uni jahon mehnat bozorida ham faol qatnashishini taqozo etadi. Iqtisodiyotni isloh qilishning dastlabki yillaridagi joylashtirish bilan shug’ullanuvchi barcha jismoniy va yuridik shaxslar yoki xorijiy ish beruvchilar bilan xususiy ravishda kontrakt tuzilgan fuqarolar hamda ishlash uchun O’zbekistonga kelayotgan chet el fuqarolari tegishli davlat idoralaridan ruxsatnoma (lisenziya) olishlari lozim.

Inson paydo bo’libdiki, u dunyoni, o’zini bilishga, atrof–muhitning sir– asrorini ochib berishga harakat qiladi. Lekin, inson uchun eng murakkab, doimiy muammo bu–uning o’zligini, o’z mohiyatini anglashdir. To’g’ri, har bir tarixiy davrda inson muammosiga yondoshish usuli ham, ko’lami ham turlicha bo’lgan, lekin uning dolzarbligi hech qachon ahamiyatini yo’qotmagan. Shuning uchun ham O’zbekistonda aholining migratsion mobilligi kuchayotgan hozirgi davrda inson omilini faollashtirish muammosining dolzarbligi, nafaqat uning an’anaviyligiga, balki, jamiyat taraqqiyotining hozirgi o’ziga xos, murakkab bosqichidagi muhim o’zgarishlarga ham bog’liqdir.



O’zbekiston mustaqil davlat deb tan olingan bir davrda aholining milliy tarkibini o’rganish katta ahamiyatga egadir chunki millatlarning ko’payish istiqbolni o’rganish faqat demografik nuqtai nazardan emas, balki siyosiy, sotsial- iqtisodiy rivojlanish yo’lini aniqlashda ham katta ahamiyatga ega. Ma’lumki O’zbekistonda aholi sonining o’sib borishi mehnat resurslarining tez o’sishiga olib kelmoqda. Ayniqsa qishloq joylarida yashaydigan aholining migratsion harakatchanligini oshirish muammosi eng dolzarb bo’lib qolyapti. Ana shu muammolarni to’g’ri hal etish Respublika aholisining xududiy harakati va undagi o’zgarishlarni ilmiy o’rganishni talab etmoqda.

Hozirgi kunda eng dolzarb muammolardan biri qishloq oilalarida ortiqcha ishchi kuchining to’planib qolishidir. O’zbekiston iqtisodiyotining hozirgi taraqqiyotida ishlab chiqaruvchi kuchlardan oqilona foydalanishning zarurligi, kichik va o’rta shaharlarni har tomonlama rivojlantirishni taqazo etadi. Kichik va o’rta shaharlarda mahalliy hom ashyo hisobiga yangi sanoat tarmoqlarini tashkil etish yoki xalq hunarmandchiligining umuman xalq iste’mol buyumlari ishlab chiqarishning xilma xil tarmoqlarini rivojlantirish asosida yangi ish joylarini tashkil qilib, ortiqcha mehnat yoshidagi aholini ish bilan ta’minlash muammosini ma’lum darajada hal qilish mumkin. Kichik va o’rta shaharlarda ishlab chiqarishni rivojlantirish hisobiga u yerga qishloq joylaridagi ortiqcha ishchi kuchlari jalb qilish maqsadga muvofiq bo’lur edi. Aholi migratsion harakatining yo’nalishi umumdavlat nuqtai nazaridan maqsadga muvofiq bo’lgan taqdirda, ya’ni ishchi kuchi yetishmaydigan xududlarga ko’chib o’tgandagina uning iqtisodiy ahamiyati katta bo’ladi. Migratsiya tufayli yangi-yangi tabiy boyliklarni ishga solish, yangi yerlarni o’zlashtirish, ijtimoiy ishlab chiqarish hajmini kengaytirish mumkin. Ammo migratsiyaning davlat manfaatlariga muvofiq bo’lmagan yo’nalishi, ya’ni aholining mehnat resurslari bilan to’la ta’minlangan xududlarga ko’chib o’tishi, ba’zi xo’jalik tarmoqlarini tayyor ishchi kuchi bilan ta’minlab, yuzaki qaraganda ijobiy ko’rinsada, aslida umumdavlat nuqtai nazaridan maqsadga muvofiq emas. Chunki, bu samarasiz migratsion oqim mahalliy mehnat resurslarini ishlab chiqarishga to’la jalb qilish va ulardan oqilona foydalanishda qiyinchilik tug’diradi. Umuman migratsion jarayonlarida sifat o’zgarishlari sodir bo’lishi uchun migratsiyaning yo’nalishlari asosan turli xil mulk xo’jaligining mehnat bilan ta’minlanishiga mos kelishi kerak.

Demak, zamonaviy aholishunoslik nazariyasi, o’zining ko’lami jihatidan, juda keng doiradagi masalalarni hal qilishga qaratilgan. Lekin, hozircha aholi haqidagi to’plangan tabiiy ilmiy hamda ijtimoiy bilimlarni maxsus va umum ilmiy uslublar asosida umumlashtirishga yo’naltirilgan bunday harakatlar bir butun bilimlar tizimini yaratgan emas. Umuman aholi haqidagi to’plangan tabiiy yoki ijtimoiy fanlar to’plagan bilimlar majmuasi ham, uning bir butun obyekt sifatida yaxlit tasavvurini bera olmaydi. Chunki aholi uni tashkil etuvchi elementlarning oddiy majmuasi emas, balki, yangi sifat darajasini ifodalovchi, muayyan barqarorlikka, shu bilan birga dinamik rivojlanishdagi ijtimoiy hodisadir. Shuning uchun ham aholining alohida jihatlarini, xususan migratsiya bilan bog’liq o’zgarishlarni muayyan fan doirasida o’rganib, uning mohiyatini to’laligicha ochib berishi mumkin emas. Shu bois, intellektual jihatdan yuqori taraqqiy topgan davlatlar XXI asrda ta’limni rivojlantirishni muhim strategik vazifa deb qaramoqdalar. Biz bu jarayonda har bir xalqning migratsiya natijasida ma’naviy integrasiyalashuvi va unifikasiyalashuviga qaramasdan mental xususiyatlarini saqlab qolishi ham alohida ahamiyat kasb etishini nazarda tutish lozimligini qayd qilmoqchimiz. Vaholanki, har qanday shaxs tilining individual xususiyatlari “omillar kompleksi” bilan determinlashgan bo’lib, ularning tarkibida migratsiya jarayoni alohida ahamiyatga ega. Ya’ni, migratsiya hodisasi migrantning ham, migrantni qabul qilgan ijtimoiy muhitni ham kompleks–sistemali tahlil qilishni taqozo qiladi.

O’zbekistonda mamlakatning 60 foizdan ko’proq aholisi yoshlardan iborat ekanligini inobatga olib, migratsiya jarayonlarini boshqarishda inson omilini aholining bevosita shu demografik qatlami bilan bog’lab o’rgandik. Jamiyatda yoshlar muammosini sosiologiyaning tarmoq yo’nalishi hisoblangan “Yoshlar sosiologiyasi” o’rganib, yosh avlodning ijtimoiy hayotga kirib kelishi, ijtimoiylashuv xususiyatlari, katta avlod nazariy bilimlari va amaliy tajribalariga vorislik asosida hayotiy rejalarini shakllantirish va unga nisbatan yo’naltirilgan qadriyatlarni–jumladan kasbiy, ijtimoiy mobillik, turli guruhlar ichida ijtimoiy rollarni ijro etish va ko’nikmalarni shakllantirish kabi omillarni tahlil etadi.

O’zbekistonda hozirgi paytda yashash joyini o’zgartirish bilan bog’liq bo’lgan qishloq-shahar yo’nalishidagi doimiy migratsiya va o’qishga, ishlashga (vaqtinchalik) keladigan vaqtinchalik migratsiya oqimlari ham sezilarli darajada kamaydi. Ma’lumki, shaharlardan rusiyzabon aholining ko’chib ketishi yildan- yilga ko’payib bormoqda. Ushbu vaziyat respublikada azaldan past bo’lgan urbanizasiya darajasining yanada kamayishiga olib kelmoqda.

O’zbekiston aholisining ish bilan ta’minlanganlik darajasiga respublikadagi ichki migratsiya oqimlari ham bevosita ta’sir ko’rsatadi, chunki migratsiyaning ushbu turi bozor iqtisodiyotiga o’tish sharoitida o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’ldi.

Aholi migratsiyasining harakati turli xil omil va sabablarning o’zaro ta’siri natijasida yuzaga keladi. Aholini bir joydan ikkinchi joyga ko’chib yurishga majbur qiluvchi sabablardan eng muhimi iqtisodiy-ijtimoiy sabablar, ya’ni ishsizlik, munosib ish topish, oliy va o’rta mahsus ma’lumot olish, ya’ni o’qish ajralib turadi. Shuningdek, iqlimning salbiy ta’siri, modddiy madaniy-maishiy sharoitdan qoniqmaslik hamda oilaviy sharoitlarning ta’siri va h.k.ni sanab o’tish mumkin.





  1. Download 52.43 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling