O‘zbekiston islom moliyasi sohasida mdh yetakchisiga aylanishi mumkin


O‘zbekistonda qator islomiy lizing kompaniyalar faoliyat ko‘rsatmoqda


Download 371.08 Kb.
bet2/4
Sana01.03.2023
Hajmi371.08 Kb.
#1240843
1   2   3   4
Bog'liq
kuras ishi O‘ZBEKISTON ISLOM MOLIYASI SOHASIDA MDH YETAKCHISIGA

O‘zbekistonda qator islomiy lizing kompaniyalar faoliyat ko‘rsatmoqda

Jumladan, 2019 yilda mamlakatda birinchi «O‘zaro» islomiy sug‘urta kompaniyasi o‘z faoliyatini boshladi. O‘zbekistondagina emas, balki MDH davlatlari ichida birinchilardan bo‘lgan elektron-Murabaxa (Murabaxa savdo bitimi asosidagi moliyaviy mahsulot) platformasi ishlab chiqildi. IsBF (Islamic Business and Finance) nomli birinchi Islom moliya masalalari bilan shug‘ullanuvchi kompaniya (asosiy faoliyati ushbu sohada konsalting xizmatlari ko‘rsatish) tashkil etildi, islom moliyasi sohasida aholi savodxonligini oshirish maqsadida “Islom moliyasi” Telegram sahifasi va veb sayti ishga tushirildi. Taiba Lizing va Al-Mulk Kapital kabi lizing kompaniyalari esa kichik va o‘rta biznes vakillariga Islom tamoyillari asosidagi ijara mahsulotlari taqdim qilishni davom ettirmokda.
Shuningdek, ta'lim sohasida ham sezilarli ishlar amalga oshirildi. O‘zbekistonda Islom moliyasi bo‘yicha bir qancha treninglar o‘tkazildi, o‘zbek tilida Islom moliyasiga oid kitoblar nashr etildi. Malayziyalik professor Sudin Horunning «Islomiy moliyalar va bank tizimi: Falsafasi, tamoyillari va amaliyoti», qozog‘istonlik iqtisodchi Yerlan Baydauletning «Islomiy moliya asoslari» va rossiyalik Rinat Bekkinning «Islom iqtisodiy modeli va zamon» kitoblari shular jumlasidandir.
BMT tadqiqoti O‘zbekistonda bank kreditlaridan foydalanish darajasi pastligini ko‘rsatdi

2020 yil boshida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturi doirasida «O‘zbekistonda islomiy moliya mahsulotlari tahlili» bo‘yicha amalga oshirilgan tadqiqot va uning doirasida o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalariga ko‘ra, bank kreditlaridan foydalanmaslikning asosiy sabablari sifatida avvalambor, diniy qarashlar, kreditlar bo‘yicha yuqori foiz darajasi va kreditlashtirishning murakkabligi ko‘rsatilgan bo‘lib, agar mamlakatda islom moliya muassasalari tashkil etilsa, yuqoridagi so‘rovnomada ishtirok etgan qatnashuvchilarning aksariyati ushbu muassasa xizmatlaridan foydalanishlari mumkinligini ta'kidlaganlar. Hatto, an'anaviy banklar ham O‘zbekistonda islom moliya muassasalari tashkil qilish, moliya tarmog‘ida halol va shaffof raqobat yuzaga kelishi, natijada mamlakatga sarmoyalar oqimi o‘sishi va diversifikatsiyasiga olib kelishi haqida o‘z fikrlarini bildirganlar.

Download 371.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling