O'zbekiston islom obidalari Buxoro. Ismoil Somoniy maqbarasi


Surxondaryo. Hakim at-Termiziy yodgorlik majmuasi


Download 30.67 Kb.
bet2/41
Sana05.01.2022
Hajmi30.67 Kb.
#234245
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41
Bog'liq
Me'moriy obidalar

Surxondaryo. Hakim at-Termiziy yodgorlik majmuasi
X-XIV asrlar. Bu me'moriy obida Eski Termiz qal'asining shimoliy-g'arbida barpo etilgan. Abu Abdulloh Muhammad ibn Ali ibn Hasan ibn Bashir al-Hakim at-Termiziy qator diniy-falsafiy asarlar muallifi, din arbobi, yirik mutasavvif va mashhur olimdir. Hakim at-Termiziy maqbarasi qadimgi xonaqoh hujralaridan biri bo'lib, alloma shu yerda faoliyat yuritgan: muridlari, shogirdlari va boshqa darvishlarni qabul qilgan, ular bilan suhbatlashgan. Shu xonaqohda dafn etilgan. Qabr ustiga Amir Temur o'g'li Shohruh Mirzo zamonida katta qabrtosh o'rnatilgan. Qabrtosh Temuriylar davridagi toshtaroshlik, o'ymakorlik va bezakchilik san'atidan dalolatdir. Hakim at-Termiziy 880 yil Termizda vafot etgan. Hayoti davomida to'rt yuzdan ortiq asar yozgan. Shulardan o'ndan ziyodrog'i bizning zamonamizgacha yetib kelgan. Hadis ilmiga bag'ishlangan "Jome' al-usul" nomli qo'lyozma asari O'zbekiston musulmonlari idorasi kutubxonasida saqlanmoqda. Surxondaryo. Abu Iso at-Termiziy maqbarasi
Hozirgi Sherobod tumani hududida joylashgan ushbu maqbara XI- XII asrlar me'moriy yodgorliklaridan hisoblanadi. At-Termiziy hijriy 209 yilda (mil. 824-825 y.) tavallud topgan. Samarqand. Shohizinda maqbaralar majmuasi
XI - XIX asrlar. Samarqandning Afrosiyob tepaligi janubida barpo qilingan bu majmuaga yigirmadan ziyod maqbara, masjid, xonaqoh va chillaxonalar kiradi. Ularning ichida eng qadimiysi - Muhammad (s.a.v.)ning amakivachchalari Qusam ibn Abbosning maqbarasi. Inshootlarning aksari XIV - XV asrlarga mansub. Majmua tarkibida sohibqiron Amir Temurning singlisi Shirinbeka oqa, opasi Turkan oqa va xotini Tuman oqalarning maqbaralari ham mavjud.


Download 30.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling