Toshkent. Xoja Ahror Valiy masjidi
Xoja Ahror Valiy masjidi 1451 yilda ulug' alloma, zamonasinnig yetuk olimi, davlat arbobi, xalqparvar inson Xoja Ahror Valiy tomonidan qurdirilgan. Toshkent shahridagi eng katta masjid bo'lganligi uchun shahar ulamolari, qozilar shu yerda ish yuritishgan. Oddiy xalq masjidni "Majjome' " deb atardi. Vaqt o'tishi bilan masjid binosi juda ayanchli holatga kelib qoldi. Istiqlol yillarida yangi zamonaviy sharqona uslubdagi masjid qad rostladi. Shaharning ko'rki, gultoji bo'lgan bu bino Sharqning go'zal me'moriy san'atini o'zida mujassam etadi
Toshkent. Tillo Shayx masjidi
Masjid 1890 yilda iymon-e'tiqodli, taqvodor Tillo Shayx ota ismli savdogar tomonidan qurdirilgan. U Xitoydan qo'ylar olib kelib sotish bilan shug'ullanib, bir yillik foydasidan ushbu masjidni qurdirib, mo'min-musulmonlarga in'om qilgan ekan.
Ro'baro'da Baroqxon madrasasi joylashgan bo'lib, bu ikki yodgorlik sal shimolroqda qurilgan Qaffoli Shoshiy maqbarasi bilan birgalikda ko'p zamonlar Hazrati Imom (Hastimom) mahallasining guzari va eng ko'rkam joyi hisoblangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |