Xiva. Islomxo'ja madrasasi va minorasi
XX asr boshlarida qurilgan Islomxo'ja madrasasi va minorasi Xivaning dovrug'ini olamga taratgan. Uni yaratish tashabbuskori va homiysi Asfandiyorxonning bosh vaziri Islomxo'ja bo'lgan. Minora Xivaning faxridir. Islomxo'ja o'z davrining fan, madaniyat, texnika yangiliklariga g'oyat qiziquvchi davlat arbobi edi. U Xorazmni dunyoning eng rivojlangan davlatlari qatorida ko'rishni istar, Vatanii tashqi dunyo bilan bog'lashga intilar, ilg'or g'oyalar bilan to'lib-toshgan inson edi. U Xiva qadimiy obidalarini saqlash, ta'mirlash ishlariga ham katta g'amxo'rlik ko'rsatgan. Xonlikni idora etishdagi xizmatlari uchun "Vaziri akbar " unvoni berilgan. U Xivada pochta va telegraf binosi, Nurullaboy saroyi, maktab va kasalxona qurdirgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |