Samarqand. Hazrati Xizr masjidi
XVIII - XIX asrlar. Bu masjid Samarqanddagi Shohizinda majmuasi qarshisidagi tepalikda joylashgan bo'lib, Muhammad ibn Vase' Ohanin darvozasi yaqinida, so'g'diylar ibodatxonasi o'rniga qurilgan. Rivoyatlarda Hazrati Xizr suv va o'tloqlarning homiysi sifatida ta'riflanadi.
Xiva. Olloqulixon madrasasi
XIX asrning birinchi yarmi. Xivadagi Olloqulixon madrasasining qurilishi Ichan qal'aning yaxlit majmua bo'lib shakllanishi tarixi bilan uzviy bog'liqdir. Madrasa qarshisidagi Xo'jamberdibiy madrasasiga o'xshatib ishlangan. Natijada O'rta Osiyo me'morligida keng tarqalgan usulda qo'shmadrasa hosil bo'lgan. XIX asrdan yodgorlik bo'lgan bu madrasani Xiva xoni Muhammad Rahimxonning o'g'li Olloqulixon 1834 yili qurdirgan. Olloqulixon mamlakatda bunyodkorlik ishlariga katta ahamiyat bergan. Uning davrida karvonsaroy, tim, toshhovli, Oqmasjid, Saidboy masjidi kabi inshootlar barpo etilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |