Buxoro. Nodir Devonbegi xonaqohi
XVII asr. Nodir Devonbegi xonaqohi avval karvonsaroy sifatida qurilgan. Qurilish nihoyasiga yetkazilganidan so'ng Buxoro hukmdori Imomqulixon qarori bilan masjidga aylantirilgan. Xonaqoh 1914-1916 yillarda Buxoroning oxirgi amiri Sayyid Olimxon tomonidan ta'mirlangan.
Buxoro. Abdulazizxon madrasasi
XVII asr. Buxorodagi Ulug'bek madrasasiga ro'para qilib bunyod etilgan oxirgi eng yirik madrasadir. An'anaviy uslubda qurilgan Abdulazizxon madrasasida xonaqoh, gumbaz, hujra va yo'laklarning joylashuvi Ulug'bek madrasasi kabi oddiy va qulay bo'lgan. Biroq binoni ganch va jilvirkorlik bilan bezashda iroqiy, shuningdek, sharqiy va hind uslublarining mujassamlashib ketgani uni rang-barang va o'z davri uchun o'ziga xos qilib turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |