Xiva. Muhammad Aminxon madrasasi
XIX asr. Xorazm me'morligining yorqin namunalaridan hisoblangan, 1851-1855 yillari qurilgan bu madrasaning tashabbuskori Xiva xoni Muhammad Aminxon edi. Madrasada 125 ta hujra bo'lgan. XVIII asrning 60-yillarida Xiva xonligida hokimiyatni qo'ng'irotlar qabilasidan bo'lgan inoqlar asta-sekin qo'llariga ola boshladilar. Ular badavlat shaharliklar va ruhoniylarning qo'llab-quvvatlashiga erishdilar. Ana shu davrda hukmronlik qilgan Inoq Muhammad Aminxon (1763-1790 y.) qishloq xo'jaligi va savdo ishlari rivojiga keng yo'l ochib berdi. Bu davrda dehqonchilik va hunarmandchilik asta-sekin tiklana boshladi
Do'stlaringiz bilan baham: |