Tadqiqotning maqsadi va vazifalari. Jumalistika kasbi qiyin sohalardan biri bo’lishiga qaramasdan, juda sharafli kasb hisoblanadi. Uning ma’suliyat darajasi keng ko’lamlidir va u bilangina cheklanib qolmaydi, balki u matbuotning ijtimoiy tabiati, funksiya va tamoyillaridan kelib chiquvchi talablariga ham amal qiladi. Ya’ni, jumalistika kasbi faqat adabiy ijod faoliyatidangina iborat ho’lib qolmasdan ijtimoiysiyosiy faoliyat hamdir. Jurnalist ijtimoiy voqelikni shunchaki, beehtiros qayd etuvchi emas, balki o’z jamiyati, o’z xalqi, o’z millati, o’z vatanining manfaat va maqsadi uchun kurashchi, faol siyosatchi, jamoat arbobi ham bo’lishi shart. Zero, matbuot kishilik jamiyatida, ma’lum davr va ma’lum tuzumda ish ko’radi. Pandemitada Jurnalistika kasbining maqsad va vazifalari ham quydagilardan iborat:
– jurnalistik faoliyatning o’ziga xos xususiyatlari;
– axloqiy tomoni;
– jurnalistikaning pandemiyada jurnalistikaning nashrlaro-texnikaga oid tendentsiyalari;
–robit jurnalistikasining jahon matbuot mavqeyi sifatida belgilash;
–pandemiyada jurnalistikaning nashrlar jurnalistlarning zamonaviy turlarining tavsifi va ahamiyati.
–pandemiyada jurnalistikaning nashrlarida jurnalistlarning OAV chiqishlari bilan bog’liq muammolar.
Ushbu ilmiy yo’nalishning maqsad va vazifalari hozirgi bosqichda jurnalistikaning rivojlanishi va faoliyati haqida chuqur izlanishlar olib borishni talab qiladi.
Tadqiqotning metodologik asosi. Ilmiy ishning metodologik asosi bo’lib O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, OAV to’g’risidagi qonunlar, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev asarlari va nutqlari, shuningdek, internet jurnalistikasi xususan Ijtimoiy tarmoqlarda pamdemiya davrida namoyon bo’lgan onlayn jurnalistika xususiyatlarini namoyon bo’lishiga oid holatlarni atroflicha o’rganuvchi mamlakatimiz va xorij tadqiqotchilarining asarlari va ilmiy adabityotlarnidan keng foydalangan holda ilmiy ishning metodologik asosi shakllandi.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi. Tadqiqotning ilmiy yangiligi shundan iboratki, jurnalistika kasbi uning pandemiya davridagi faoliyatlarini aniqlash va yangi pandemiyada jurnalistikaning kasbning turlari shakllanishini o’rganish bu ilmiy ishning yangiligi deya olamiz. Jurnalistika sohasida ko’plab olimlar va ijodkorlari ilmiy, amaliy ko’nikmalar yaratganlar, ilmiy adabiyotlar yartilgan, shuralardan ilmiy ishni ochib berishda foydalandik.
Do'stlaringiz bilan baham: |