O'zbekiston makroiqtisodiy ko'rsatkichlari dinamikasi tahlili


Download 0.49 Mb.
bet4/5
Sana23.03.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1287254
1   2   3   4   5
Bog'liq
makro.Ataxanov

Y= C+ I + G + Xn

Ikkinchi bir makroiktisodiy ayniyat investitsiyalar va jamgarmalar o`rtasidagi tenglik xisoblanadi. Agarda, milliy iktisodiyot tashki dunyo bilan xech kanday alokaga ega emas (Xn = 0) va davlatning iktisodiyotga aralashuvi nolga teng (G=O), deb faraz kilinsa, unda YAIM orkali ifodalangan ishlab chikarish xajmi SHTD ga teng bo`ladi. Ya`ni: YAIM = SHTD = S + S, ayni paytda: YAIM = S + I

S + I = S + S yoki I = S

Ushbu ayniyatdan ko`rinib turibdiki, uy xo`jaliklarining jamgarishga bo`lgan istaklari tadbirkorlikning kancha mikdorda investitsiyalash xoxishlariga mos tushsa, unda daromadlar xajmi (SKS) va yalpi xarajatlar (SKI) xajmiga tengligiga yoki ishlab chikarishning muvozanat darajasiga erishish mumkin.
3. O'zbekiston makroiqtisodiy ko'rsatkichlari dinamikasi tahlili
Milliy ho‘jalikning tarkib topgan tuzilishi ijtimoiy mexnat taqsimoti rivojining natijasi hisoblanadi. Makroiqtisodiyot o‘z ichiga xalq xo‘jaligining moddiy va nomoddiy ishlab chiqarish, hamda hizmat ko‘rsatish sohalarini oladi.
Moddiy ishlab chiqarish sohalari o‘z navbatida xalq xo‘jaligining ko‘plab yirik tarmoqlaridan iborat bo‘ladi. Ular ishlab chiqarish vositalari va iste`mol buyumlari ishlab chiqaruvchi tarmoqlarga ajratiladi.
Milliy iqtisodiyot meyorida faoliyat qilish uchun barcha tarmoq va ishlab chiqarish sohalarining o‘zaro bog‘liqligi va muvozanatli rivojlanishi talab qilinadi. Nomoddiy ishlab chiqarish milliy iqtisodiyotning ijtimoiy iste`molni qondirishga hizmat qiluvchi (soliqni saqlash, ta`lim, tarbiya) va millatning madaniy rivojlanishini belgilab beruvchi (fan, madaniyat, san`at, sport) sohalarini, hamda davlat boshqaruv va mudofaa tizimini o‘z ichiga oladi.
Xizmat ko‘rsatish sohalari uy-joy, kommunal xo‘jaligi va madaniy maishiy xarakterdagi xizmat ko‘rsatuvchi ko‘plab tizimlardan iborat bo‘ladi. Masalan, korxonalar faoliyatiga baxo berish uchun, ularning daromadlari va harajatlari hisoblab chiqiladi. Shu ma`lumotlarga asoslanib korxonaning foyda olishi eki zarar ko‘rishini bilish mumkin. Agar korxonaning ishi yaxshi bo‘lib, foida olsa, tegishli ma`lumotlaridan muvaffaqiyat sabablarini aniqlash uchun foydalaniladi. Korxona zarar ko‘rgan taqdirda ham tegishli mikroiqtisodiy ko‘rsatkichlaridan uning bevosita sabablari aniqlanadi.
Mikroiqtisodiy ko‘rsatkichlar ham butun iqtisodiyot uchun huddi shunday vazifani bajaradi. Bu tizimga kiruvchi turli hil ko‘rsatkichlar, birinchidan, bizga nma`lum vaqt oralig‘idagi ishlab chiqarish hajmini hisoblash va milliy iqtisodiyotning faoliyat yuritishini bevosita ta`sir qiluvchi omillarni aniqlash imkonini beradi.
Nihoyat mazkur ko‘rsatkichlar tizimi mavjud resurslar va ulardan foydalanishning mos kelishi (tengligi) kuzatilganda, mamlakatdagi umumiy iqtisodiy muvozanatlik holatini aks ettiradi. Makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar tizimini yaxshi tushunib olish uchun bozor ho‘jaligi sub`ektlari va bozor operasiyalari tarkibini (klassifikasiyasini) bilib olish zarur.
2021-yil yakuni boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining yalpi ichki mahsuloti hajmi 734,6 trln. soʻmni tashkil etib, 2020-yilga nisbatan 7,4 foizga oʻsdi.1

YAIM deflyatori 13,6 foizni tashkil etdi. Aholi jon boshiga YAIM hajmi 21,04 mln. soʻmga yetdi. 2021-yilda tarmoqlarning yalpi qoʻshilgan qiymati tarkibida qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi 26,9 %, sanoat 27,8 %, qurilish 6,7 %, xizmatlar 38,5 %ni tashkil etdi. Oʻtgan yilning yakunlariga koʻra, mamlakatimizda tashqi savdo aylanmasi 42,07 mlrd. dollarni tashkil qilib, 2020-yilga nisbatan 16 foizga oʻsdi. Shu jumladan, eksport hajmi 16,61 mlrd. dollarni, import hajmi esa 25,46 mlrd. dollarni tashkil etdi. Bu boradagi koʻrsatkich 2020-yilga nisbatan mos ravishda 10 foizga va 20,4 foizga oʻsdi.

Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling