O'zbekiston makroiqtisodiy ko'rsatkichlari dinamikasi tahlili
Makroiqtisodiyotda foydalaniladigan miqdor ko’rsatkichlari
Download 0.49 Mb.
|
makro.Ataxanov
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishlab chiqarish usuli
- Xarajatlar usuli
- Daromadlar usuli
- Asosiy makroiqtisodiy ayniyatlar
Makroiqtisodiyotda foydalaniladigan miqdor ko’rsatkichlari
Asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlardan biri bu - yalpi ichki mahsulotdir. Yalpi ichki mahsulot – bu muayyan davr mobaynida (bir yil) kim tomonidan yaratilishidan qatiy nazar mamlakat hududida yaratilgan barcha yakuniy tovar va xizmatlarning bozor qiymatidir. YaIM - bu biror-bir mamlakat xududida joylashgan korxona va tashkilotlarda ishlab chirarilgan tovar va xizmatlarning umumiy yiuindisidan iboratdir. Yalpi ichki mahsulot 3 xil usul asosida aniqlanadi ; Ishlab chiqarish usuli – bunda yalpi ichki mahsulot barcha qo’shilgan qiymatlar yig’indisi sifatida aniqlanadi.
Xarajatlar usuli – bunda yakuniy iste’molchilarning xarajatlari yig’indisi sifatida aniqlanadi.
Bu erda S – shaxsiy iste’mol xarajatlari; I– investitsiya xarajatlari ya’ni xususiy ichki investitsiyalar ; G – davlat xarajatlari ya’ni tovar va xizmatlarnin davlat xaridi; Xn – chet elliklarning xarajatlari, ya’ni sof eksport; Daromadlar usuli – bunda yalpi ichki mahsulot barcha yakuniy iste’molchilarning daromadlari yig’indisi sifatida aniqlanadi. Shu bilan birga yalpi ichki mahsulot tarkibiga biznesga egri soliqlar va amortizatsiya ham kiritiladi. YaIM = amortizatsiya + biznesga egri soliqlar + ijara haqi + foiz ko’rinishidagi daromadlar + yollanma ishchilarning ish haqi + yakka tartibdagi qo’yilmalardan daromadlar + korporatsiya foydasiga soliqlar + dividentlar + korporatsiyaning taqsimlanmagan foydasi. Asosiy makroiqtisodiy ayniyatlar Milliy iqtisodiyot rivojlanishi jarayonlarida turli makroiqtisodiy ko`rsatkichlar o`rtasida ma`lum proportsiyalar yoki tenglik ta`minlanishi lozim. Proportsiya atamasi aynan tenglikni bildirmasdan bir butunga nisbatan uning bo`laklarining nisbatini, yoki shu bo`laklar o`rtasidagi nisbatni bildiradi. Odatda YAMTD xajmida yakuniy iste`mol xajmi yuqori bo`ladi. Ammo Xitoy Xalk Respublikasi misolida ko`rdikki milliy jamgarmalarning ulushi xam yukori bo`lishi mumkin ekan. Demak yakuniy iste`mol va milliy jamgarmalarning YAMTD dagi ulushi 3:1 proportsiyada xam, 2:1 proportsiyala xam bo`lishi mumkin ekan Shu bilan birga iqtisodiyotda muvozanat bo`lishi uchun ayrim ko`rsatkichlarning aynan teng bo`lishi talab etiladi. Turli makroiqtisodiy ko`rsatkichlar, yoki ko`rsatkichlar guruxlari o`rtasidagi mavjud bo`ladigan, yoki mavjud bo`lishi iqtisodiy konuniyat xisoblagan o`zaro tenglikka makroiqtisodiy ayniyat deyiladi. Xarajatlar va daromadlar ko`rinishida xisoblangan YAIM ko`rsatkichlarining o`zaro tengligi asosiy makroiqtisodiy ayniyat hisoblanadi.
Download 0.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling