“O’zbekiston maktablarida Internet” dasturining “Eng yaxshi o’quv rejasi” tanlovida qatnashish uchun ariza


Download 108 Kb.
bet4/7
Sana08.01.2022
Hajmi108 Kb.
#253330
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Fonetika. Unlilar va undoshlar tasnifi

Guruhlarda ishlash: 20-daqiqa.

Fiz. mashqlar: 1-daqiqa.

Mavzuni mustaxkamlash: 20-daqiqa.

Muammo: 5-daqiqa.

Mashqlar ustida ishlash: 10-daqiqa.

Baholash: 3-daqiqa.

Uyga vazifa: 3-daqiqa.

D a r s sh i o r i :

Alifbodur xam-u, savod beshigi,

U birlan ochilur bilim eshigi.

Ko’zlarning nuri-yu, dillar g’ururi,

U birlan zohirdur ellar shuuri.



Mavzu bayoni.
Ona tili fanining “Fonettika” bo’limini o’tishda unli va undoshlar tasnifi berilgan. 3-sinf unlilar va undoshlarning ilk tushunchalari berilib, keyingi bosqichlarda yana ham sayqalashib boraveradi. Shunday holatda unlilar tasnifi quyidagicha tushuntirish bilan izohlash mumkin. 10-sinf “ona-tili” darsligida undoshlar tasnifi jadvali 24-betda berilgan ( Toshkent. “O’qituvchi”, 2003). “Xozirgi o’zbek adabiy tili” darsligi va “O’zbek tili jadvallari” kitobida, unlilar xaqidagi tushunchalar jadval asosida ko’rsatilgan. O’quvchiga soda va ravon, ammo xotirasida uzoq muddat saqlanishi uchun men darsga ijodiy yondoshgan xolda quyidagi jadvalni tuzub chiqdim.

O’zbek tilida 6-ta unli tovush bo’lib, ular doimo yonma-yon, ya’ni juft holda yuradi. Bular: A, O, I, E, U, O’.

Bu unlilar aytilishiga ko’ra, bir-biriga ma’lum bir jihatdan o’xshash, shuning uchun ularni dugonalar, juftlar vertical va gorizon-

tal yoki lablarning ishtirokiga ko’ra bo’linadi, bunda tusghuntirish oson bo’lish uchun boshqotirma tarzidagi ko’rinishini beramiz. Ya’ni, tik va yontarzida. endi jadvalni quyidagicha chizamiz:




Yuqoridagi rasmda ko’rinadiki, tilning gorizontal, yon harakatiga ko’ra (geometric figura; to’g’ri va o’tkir burchaklar deya tushuntirish mumkin) til oldi va til orqa unlilar: to’g’ri burchakli-til oldilar: A, I, E, ;

O’rkir burchakli-til orqalar: O, U, O’:

Tilning vertical xolatga ko’ra xuddi shu chizma asosida unlilar 3 ga bo’linishi quyidagicha ko’rsatish mumkin:



tor unlilar: I, U

o’rta keng unlilar: E, O’

kengunlilar: A, o

Bundan ko’rinib turibdiki, yana bir ko’rinish orqali unlilar klassifikasiyasini chizmada aks ettirish mumkin. Shuningdek, lablar ishtirokida ko’ra esa pastki chizmaga bir chiziq tortib, lablashgan xolatni ko’rsatish kifoya, ya’ni U, yoki O’ lablashgan unlilardir.

O’quvchiga undoshlar tasnifini tushuntirishda ham matematika bilan bog’liq xolda, ularning sanog’iga xam e’tibor berish so’raladi. Biz bilamizki, o’zbek tilida 23 ta xarf va 25 ta undosh tovush bor, chunki J va NG 2 xil tarzda uchraydi. J-sirg’aluvchi vaqorishiq: Jiyda-garaJ. Endi tovushlarning 65-tomondan tasnifini tushuntirish va xar bir gurux xamda uningguruchasini yanachizma orqali ifodalash mumkin. Buning uchun biollogoya darssida qo’laniluvchi odam sskleti (bosh qismi)dan til ko’rinishi-

Ni olamiz yoki quyidagicha izohlash tavsiya qilinafi:


  1. Lab-lab tovush: B, M, P 3-ta

  2. Lab-lab tish tovush: V, F, 2-ta

  3. Til oldi: T,D,S,Z,SH,j,G,N,L,R 10-ta

  4. Til o’rta: y ()1ta

  5. Til orqa ; k ,g, ng () -3 ta

  6. Chuqur til orqa ; Q, F, X, (q, g; x) -3 ta

  7. Bo’g’iz tovush ; -1ta.

Endi lab+lab va lab+til sohasidagi tovushlar miqdori qo’shilsa o’sha 23 (25) raqami hosil bo’ladi ;3+2+10 (1)+1+3+3+1=23 (25) (dj+ng ta’sirida).

SHu o’rinda unlilar vokalizm (belgisi;V), undoshlar Konsonantizm (shartli belgisi ; S ) deb nomlanishini eslatish maqsadiga muvofiq. Tovush esa FONEMA deyilishini ham uqittirib o’tish kerak: ona-vcv, ota-vcv, bola-cvcv, botir-cvcvc. So’zlarning shartli belgisini ham yozuv taxtasida yozish mumkin.”Ertaklar yaxshlikka yetaklar”mavzusida harflar haqida ertak aytib berish mumkin.

Endi esa kichik bir ertak aytib, lirik chekinish qilish ham maqsadga muvofiq bo’ladi.

Bir bor ekan, bir yo’q ekan, yaqin emas uzoqda, uzoq emas tomoqda bir makon bor ekan, unda harflar hamjihat va hamfikr, hamnafas va hammaslar bo’lib yashar ekan. Kunlardan bir kuni ular o’zlari yashaydigan manzildan sal narida, tog’orqasida ajoyib bir go’zallik borligini eshitib qolibdi va birgalikda “Lison ut-tayr” qushlari misol sayr qilmoqchi bo’libdi. Yo’lga chiqib yo’l yurushibdi, birinchi charchagani



H -bo’libdi va men qariganman, yo’lda toliqib qoldim, sizlarga “Oq yo’l” deya fotiha beribdi, uning qo’lganini ko’rgan 3-ta yon qo’shnilari ham chekinishga kelishib olishibdi va Q, G’, X va H tarafda qolmoqchi bo’libdi. Shunday qilib, bu 4-taning yonida yana 3-tasi adirga chiqib joyida to’xtab qolibdi, bular: K, G, NG lar ekan. Shunday qilib, bo’gíz tovushi: H chuqur til orqa tovushlari: Q, G’, X, til orqa tovushlari K, G, N, NG lar yo’lda charchab va bir-biriga hammaslik bo’lib to’xtashibdi. Bularni ko’rgan Y tovushi nima qilarini bilmay o’rta yo’lda arosatda qolibdi, ketay desa, ba’zilari orta qolgan, qolay desa, oldingilarini nimadir-snikerus kutayabdi. Xullas, o’rtada sarson o’tirb olib reja tuza boshlabdi. Shu payt do’nglik paydo bo’lib, ba’zilari sirgálib, ba’zilari baqirib ( portlab) keta boshlabdi, sirg’alib tushganlar sirgáluvchilarni: F, V, G, S, Z, SH, J, baqirganlar esa portlovchilarni ( Qolganlari ) D, T, G tashkil qilibdi. Shu payt tog’paydo bo’lib eshigi ochilib-yopilib qolibdi, shunda portlovchi va sirgáluvchilardan ba’zilari turtinib-surinib chiqa boshlabdi. Gór eshigi chala yopilganda va to’liq yopilganda B, M, P, V, F lar lab-lab va lab-tish undoshlari chiqib olishibdi. Xech to’siqqa uchramay, emin-erkin uchib chiqib ketishga esa 6-ta xarfgina erishibdi, bular o’sha bir-birini qo’llab quvatlovchi dugona-xarflar: a, o, I, e, u, o’, lar ekan. Bularning erkinligiga xam xavasi, xam xasadi kelgan Y o‎lagan rejasi asosida: “Oldiga uchsa oyogídan, orqa ketsa qulogídan” deya ya, yu, yo, ye larni xosil qilish taraddudiga tushibdi. Xasadgo‎ o’z niyatiga yetibdi va guruch ko’rmagsiz, tog’toshsiz bo’lmaydi, deganlarini isbotlabdi.

Xullas, o’quvchilar ertak davomida emin-erkin, to’siqqa uchramagan unlilar va tosiqqa, tog’u-toshga ushragan undoshlar xaqida bilib olshadi. Shuningdek, o’quvchilar bilanmuloqaotga zamin xosil bo’ladi. Tasnif asosida qaysi xarflar ishtirok etdi-yu, qaysinisi yo’q. topqir, ziyrak vae’tibori kuchli o’quvchi buni yaqqol sezadi. Agar topaolmasa, o’qituvchi izoh beradi. Xarflarning tog’u toshllarga, gór eshigiga urulishini ko’rgan tovush qo’rqqanidan titrab qolgan, qaltiroq R, r tovushi ekanligi qayd etiladi. Shuningdek, afrikat tovushlar st, ch, j, yoki ch, ng lar xaqida to’xtalib, tovushlar tarixan 2 tovushning qo’shlaoq kelishidan darak berilishi ( t=s), ( ch-t=sh, ( j-d=j) idan hosil bo’lishi tushuntiriladi. Shu o’rinda jarangli va jarangsiz tovushlar xaqida quyidagicha ta’rif yoki tushuncha berish mumkin. Hayotda egizaklar “xasan-xusan”, “fotima –zuhra” yoki tun –tun xaqida eshitgansiz, jarangli va jarangsizlar xam shu tarzda bir-birining o’rnida korinuvchilar-

dir, bularning jufti bori dugonasi yoki egizi bori, deyiladi, qaysi biri toq bo’lsa, demak, u yolg’iz, xali o’ziga do’st topaolmagan yoki yo’qotib qo‎gan: B-P, V-F, D-T, Z-S, J-SH, G-K, G’-X bitta tog’ jarangli – Y yakka, yolgíz, arosatda qolib, o’ziga do’st topaolmagan va 3ta jarangsiz, xali juftlanmagan- TS, Q, H.

( Ko’rinib turibdiki, lotin alifbosini ham o’z ornida qo’llagan holda tushuna verish lozim ).

Ushbu ertak misol xarflar bayonida o’quvchining diqqati va ziyrakligi yana bir bor kuzatilgan holda sinaladi. Nima uchunki, bunda o’quvchi butun diqqati bilan bu ertakni tinglagan, ko’rgazmali vositani kuzatgan holda tushunishi oson kechadi.

Yana bir tushuntirish ishi bu “Alifbo” , ya’ni, alfavit tartibini o’rganish. Chunki bu harflar tartibidan raqamlar orqali so’zlarning son tartibini xasil qilish mumkunligini o’qtiriladi. Masalan: test so’zi alifbo asosida alfavitida 20, 6, 19, 20 tartibida, lotin yozuvida asoslangan lotin alifbosida 19, 4, 18, 19 tartibida berilishini solishtirish mumkin. Shuning uchun alfavit tartibini o’rganishda o’quvchi oz barmoq kaftlaridan foydalanishi mumkin barmoqlarimiz 5-taligi va har biri 3 bo’gíndan iborat bo’lib, jami 15 ta, bunisi bilan xisoblansa, 30 xarf-raqamni tartib bilan joylashtirish mumkin.



Guruhlar bilan ishlashda sinf 3 guruhga bo’linib mavzu ishlab chiqadi. Bunda :

  1. Barmoq guruhi ( barmoq guruhi barmoqlar bilan alifbo raqamlari asosida so’zlar tuzishadi).

Masalan: a-1, b-2, s-3, … shu tariqa raqamlar asosida so’zlar tuziladi:

  1. Test yechuvchilar guruhi o’zlari test variantlari tuzadilar va ishlaydilar.

  2. Te’zkor o’yin guruhi. Tezkor o‎’yin uchun savollar tayyorlashadi.



Shu tarzda kirill va lotin alifbosi o’zbek alifbosini tushuntirish va xarflar jamlanmasidan so’zlartuzish oson. O’quvchi o’z qo’llari bilan xardflar tartibini tezgina o’rganishi mumkin .




Download 108 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling