BALO, usta, ustamon, bilag‘on, bilarmon, chechan, epchil, chaqqon,
uddaburon.
O‘rinlatib bajaradigan, mahorat va chaqqonlikka ega.
Balo ko‘proq oddiy so‘zlashuvga xos. U «aqliy, jismoniy ish-harakat
bajarishda yuqori mahoratga egalik»ni ifodalash uchun qo‘llana oladi. Usta
aql, malaka talab etadigan harakatlarga nisbatan qo‘llanadi. Ustamon quvlik,
ayyorlik bo‘yoqqa ega. Bilag‘on, bilarmon so‘zlarining xususiyati ular-
ning o‘zagidan anglashib turadi. Bilarmon salbiy bo‘yoqqa ega. Chechan,
chaqqon, epchil «tez va oson bajarish mahoratiga egalik»ni bildiradi.
Uddaburon, asosan, «ish-vazifani ijro etish mahoratiga egalik»ni ifodalash
uchun qo‘llanadi.
1. Gaplar ifoda maqsadiga ko‘ra qanday turlarga bo‘linadi?
2. Darak gaplar qanday vositalar yordamida so‘roq va buyruq gap-
larga aylantiriladi?
3. Buyruq gaplarni so‘roq gaplarga aylantirish mumkinmi?
4. Undov gaplar ko‘proq qaysi uslubda qo‘llanadi?
5. So‘roq gaplarda so‘roq mazmunidan tashqari yana qanday
qo‘shimcha ma’nolar ifodalanishi mumkin?
Do'stlaringiz bilan baham: |