«O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»


Download 0.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet103/161
Sana29.12.2021
Hajmi0.98 Mb.
#183323
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   161
Bog'liq
10 sinf ona tili darslik

83-mashq.
 
«Kecha va kunduz» asaridan olingan  parchani o‘qing. Ritorik 
so‘roq gaplardan anglashilayotgan uslubiy ma’nolarni izohlang.
Qishloqdagi voqealarning tagidan bexabar bo‘lgan Zebi Saltanatning bu 
qadar mehribonlashganini o‘z ko‘nglida boshqa narsaga yo‘yar va chin 


73
ko‘ngildan xursand bo‘lardi. Nima uchun xursand bo‘lardi bu yosh qiz? U 
bilardikim, O‘lmasjon Saltanatlar oilasining yon qo‘shnisigina emas, balki 
ona tomonidan bir qadar qarindoshi va bu xonadonning eng qadrdon 
bolasi. So‘ngra Zebilar oilasi singari bu oilada ham erkak bola yo‘q, shu 
uchun qo‘shni va qarindosh bo‘lgan bu bola hamma vaqt shu hovlida, 
u hovlidan ko‘ra ko‘proq bu hovlining dastyori va yugurdagi. U bola 
endi kap-katta yigit bo‘lib qolgan... hozir uylantirish to‘g‘risida ayni og‘iz 
soladigan vaqtlari... Saltanat o‘zining bu sevimli qarindoshiga bu sevimli 
o‘rtog‘ini olib bermoq istamaydimi? Saltanatda bu istak bo‘lgandan keyin 
uni onasi bilan katta onasi bilmay qoladimi? Onasi bilan katta onasi 
Zebini yomon ko‘radilarmi? Yomon ko‘rsalar, o‘z qizlarini unga muncha 
jonajon o‘rtoq qildirib qo‘yarmidilar? Zebi Saltanatdan ko‘rgan ixloslarni 
uning onasidan va katta onasidan ko‘rmaganmi? Ayniqsa, shu safar? Bu 
safar Saltanat uning tegrasida gir-gir aylangan bo‘lsa, u ikki keksa xotin 
o‘z yoshlariga yarasha pirpirashgan emasmi? Zebiday bir qizning kelin 
bo‘lib kelishini kim istamaydi? Qaysi hovli Zebini o‘z quchog‘iga olishdan 
tortinadi? Uchta xotin ustiga mingboshi ham talab bo‘libdi-ku!..

Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling