BOSHLIQ, rahbar, yo‘lboshchi, ishboshi, boshchi, katta, kattakon,
ulug‘, rahnamo, sardor, peshvo, sarvar, sarkarda, xo‘jayin, kallampo.
Guruh, jamoa, xo‘jalik va shu kabilarning ish-harakatida bosh bo‘luvchi,
mas’ul shaxs.
Boshliq «katta jamoa, xo‘jalikka rahbar shaxs» ma’nosida ham,
shuningdek, «uch-to‘rt kishidan iborat kichik guruhning juda qisqa
muddatli ishiga boshchi shaxs» ma’nosida ham qo‘llana oladi. Lekin «katta
xo‘jalik (muassasa) ish-faoliyatining rahbari» ma’nosida ko‘proq oddiy
so‘zlashuvga xos bo‘ladi. Rahbar, asosan, «davlat idoralarining boshchilari»
ma’nosida qo‘llanadi. Yo‘lboshchi so‘zida «boshlovchilik, yetakchilik qilish»
bo‘yog‘i bor. Ishboshi nisbatan eskirgan. Boshchi kam qo‘llanadi. Katta,
kattakon, ulug‘ oddiy so‘zlashuvga xos. Rahnamo kitobiy uslubga xos,
ma’no xususiyati jihatidan yo‘lboshchi so‘ziga yaqin turadi. Peshvo, sarvar
eskirgan, kitobiy. Sardor, sarkarda kam darajada, asosan, obrazli ifodalarda
qo‘llanadi. Xo‘jayin oddiy so‘zlashuvga xos, biroz salbiy bo‘yoqqa ega.
Kallampo oddiy so‘zlashuvga xos, kam qo‘llanadi, salbiy bo‘yog‘i kuchli.
1. So‘roq gaplar javob talab qilishi yoki qilmasligiga ko‘ra qanday gap-
larga ajraladi?
2. Ritorik so‘roq gaplar qanday uslubiy mazmun ifodalaydi?
3.
Ritorik so‘roq gaplarda tasdiq bilan birga qanday qo‘shimcha
ma’nolar ifodalanadi?
4. Ritorik so‘roq gaplardan ko‘proq qaysi nutqiy uslublarda foydalaniladi?
Do'stlaringiz bilan baham: |