84-mashq.
Ritorik so‘roq gaplarni odatiy darak gaplarga aylantirib
yo
zing, bundagi uslubiy farqni izohlang.
1. Turli imon-u e’tiqodlarni teng ko‘rishning eng yaxshi samarasi
shu emasmi? (P. Qodirov) 2. Boylarning to‘ylarini ko‘p ko‘rgan Yormat
ham hayratda: «Buncha xotin, buncha bola-chaqa, buncha tavan qayerga
sig‘adi?» (Oybek) 3. Yana nima kerak? Axir uning ham xuddi ota-onasidek
orzusi shu emasmi? (O‘. Umarbekov) 4. Deylik, sizga nasib etgani menda
yo‘q, menda bori sizda bo‘lmas. Oliy adolat degani mana shu emasmi?!
(Erkin A’zam) 5. Agar bu it, sultonlar istasa, allaqachon yetib kelmasmidi?
(P. Qodirov) 6. Samad ko‘rmasa bo‘ladimi? Bu ikkalamizning rejamiz.
(O‘. Umarbekov) 7. Bunday xonadonga o‘g‘lining kuyov bo‘lishini qaysi
ona istamaydi? (Tohir Malik) 8. O‘zimizni o‘zimiz qaritsak, qaysi qiz
qaraydi bizga? (Tohir Malik) 9. Hozir qaysi qiz o‘z tengdoshiga turmushga
chiqadi, Matlubaxon? (O. Yoqubov)
Do'stlaringiz bilan baham: |