«O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»
Download 0.98 Mb. Pdf ko'rish
|
10 sinf ona tili darslik
- Bu sahifa navigatsiya:
- IFODA MAQSADIGA KO‘RA GAP TURLARI USLUBIYATI 1-topshiriq.
- 2-topshiriq.
77-mashq.
Berilgan topishmoqning javobini toping. So‘z tartibi o‘zgargan gaplar shaklidagi maqollar topib yozing, ularni izohlang. Yulduzlar davrasida, Charaqlaydi chirog‘im. Go‘yo ko‘kka ilingan Bandi singan o‘rog‘im. (S. Jo‘rayev) IFODA MAQSADIGA KO‘RA GAP TURLARI USLUBIYATI 1-topshiriq. Berilgan gaplarning ifoda maqsadiga ko‘ra turlarini aniqlang. 1. Qalmoqlar Boychiborni tutib, tuyog‘iga gulmixlar qoqib, pichoqlar urishadi. («Alpomish»dan) 2. Bu kishi kimingiz bo‘ladir, bek aka? (Abdulla Qodiriy) 3. Sherxon bostirib kelmasdan tezroq jo‘nang. (P. Qodirov) 4. Qaniydi, bu kunlarni uning o‘zi ham ko‘rsa edi! (Erkin A’zam) 2-topshiriq. Berilgan gaplarning asosiy mazmuniga yuklanayotgan qo‘shim cha ma’nolarni izohlang. 1. Taklifnomaga tushirilgan rasm xuddi mana shu qasri oliyning tagida olingan desa, ishonadigan zot topilarmikan bu dunyoda?! (Erkin A’zam) 2. Bu odamlar bilan yashashning o‘zi baxt emasmi?! 3. Piyoda yurishga nima yetsin?! (O‘. Umarbekov) 69 Darak, so‘roq va buyruq kabi gapning ifoda maqsadiga ko‘ra turlari nutqiy uslublarda turli qo‘shimcha uslubiy ma’nolarni ifodalash uchun xizmat qiladi. Bu turlarning barchasi kuchli his-hayajon, emotsionallikka ham ega bo‘lishi mumkin, bunday holatlarda ular undov gaplar ham deyiladi. Nutq uslublarining deyarli barchasida gap- larning bunday turlari matn maqsadiga muvofiq ravishda qo‘llanadi. Darak gaplar nutqda eng ko‘p ishlatiladigan gap turidir. Maxsus intonatsiya, ohang yordamida bunday gaplarda gumon, sevinch kabi qo‘shimcha ma’nolar ifodalanishi mumkin. So‘roq gaplar xilma-xil uslubiy xususiyatlarga ega. Bunday gaplar ning ayrim ko‘rinishlari so‘roq bilan birga hayrat va taajjub (Shunaqayam bo‘ladimi?!), sevinch-hayajon (Do‘stim g‘olib bo‘ldimi?!), shubha-gumon (Vaqtida yetib bora olarmikanmiz?) kabi bir qator uslubiy ma’nolarni voqelantirishi mumkin. Hatto ba’zan so‘roq gap bevosita so‘roqni emas, balki buyruqni ham bildirib kelishi kuzatiladi. Masalan, Tez-tez yurmaysanmi?! («Tez-tez yur» mazmuni angashiladi). Bunday holatlar ko‘proq so‘zlashuv, badiiy va publitsistik uslublarga xos. Buyruq gaplarning ilmiy va rasmiy uslublarda qo‘llanishi ularning so‘zlashuv, badiiy va rasmiy uslub lardagi qo‘llanishidan farq qiladi. Ilmiy va rasmiy uslub larda buyruq gaplar his-hayajonsiz, ya’ni emotsionalliksiz qo‘llanadi, keyingi uch uslubda esa ko‘proq emotsionallik ifodasi bilan ishlatiladi. Download 0.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling