1-topshiriq.
Berilgan gaplarda qo‘llangan morfologik vositalarning uslu-
biy vazifalarini tushuntiring.
1. Bu rangin iplardan to‘qilajak ulkan gilamni ko‘z
oldim
ga keltirdim.
(E. Vohidov) 2. Uning gapiradigan gaplari ular
ning ko‘ngillarida tugilgan
og‘ir va chigal tugunchakni yo yechib yuborajak, yoki yana battaroq
chigallashtirib, ikki yosh narsani – yana necha oy! – bir-biridan ajratib
tashlayajakdi. (Cho‘lpon) 3. Keyin «Qimmatli sovg‘amizni qabul etgaysiz!»
deya zarqog‘ozga o‘ralgan salmoqligina bir nimani qo‘limga tutqazdi.
Rasmiyatga ko‘ra, uni darhol ochib ko‘rib, ko‘zlarimga ishonmadim.
(Erkin A’zam) 4. Ularni sen dur-u gavhar dema, balki hodisalar toshi
degin, bu toshlardan zaif-u notavonlarning boshi yorilgusidur. (Isajon
Sulton)
Do'stlaringiz bilan baham: |