88
2-topshiriq.
Ko‘plik qo‘shimchasining uslubiy o‘ziga xoslik larini tushun-
tiring.
1. Kumushbibi og‘ir tin olib: Ko‘zlarimga ishonmayman, – dedi.
2. Otabek ko‘zlarini to‘ldirib qarab: Men ham, – dedi. 3. Ixtiyoriy
emas, g‘ayriixtiyoriy ikkisi ham bir-birisidan birmuncha vaqt ko‘z
ololmadilar. 4. Bularning yoniga bizga ma’lum kishi kelib to‘xtadi va
ulardan so‘ra
di: – Bek uyda
milar? 5. Rahmat. Qushbegi ichkaridadir-
lar? – Ichkaridalar, – dedi Ahmadxon. (Abdulla Qodiriy)
3-topshiriq.
Subyektiv baho ifodalovchi qo‘shimchalarning qo‘llanishiga
diqqat qiling, ma’nolarini tushuntiring.
1. Umida yaxshi qizaloqmi, axir? (Tohir Malik)
Eringiz oddiy ot
o‘g‘risi bo‘lsa, bo‘lak gap edi, kelinposhsha, – dedilar. (Murod Mansur)
3. Bulardan yaxshilik kutma, surdik, – dedim men ham. Ammo joyimdan
jilib ulgurmadim, changakdek bir qo‘l tirsagim tepasidan tutib, qattiq
siqdi. – Qayoqqa surasiz, yigitcha?! (Murod Mansur) 4. Turobjon: Siz
nega bormadingiz, dada? Qo‘chqor: Menmi? Yelkamni bosib turgan yuk
og‘irlik qildi-da, o‘g‘iltoy... (Sh. Boshbekov) 5. Unaqa dema, toychoq!
Eshitsa, xafa bo‘ladi. (Erkin A’zam)
Do'stlaringiz bilan baham: |