«O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»


KO‘CHIRMA VA O‘ZLASHTIRMA


Download 0.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet138/161
Sana29.12.2021
Hajmi0.98 Mb.
#183323
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   161
Bog'liq
10 sinf ona tili darslik

KO‘CHIRMA VA O‘ZLASHTIRMA 
GAPLAR USLUBIYATI
Topshiriq.
 
Berilgan ko‘chirma gapli qo‘shma gaplarni o‘zlash 
 
tirma 
gapga aylantiring, qo‘shma gapda qanday shakliy o‘zga-
rish 
lar bo‘lganini tushuntiring.
1. Ichkaridan xotinining beshikni mushtlagani, zardali tovushi eshitildi: 
Ovozi o‘chsa, koshkiydi! To‘qqiz kechasida jin tekkan bunga! (O‘.  Ho s hi-
mov) 2. Abduzafar akaning ichi achidi: Hali ham o‘tmadimi? Sanatoriy 
naf qildi, degan eding-ku? (Ahmad A’zam) 3. Begimqul... to‘satdan 
ko‘zini qisib: Menga qara, og‘ayni, – dedi. – Bir gap aytsam, xafa 
bo‘lmaysanmi?  (O. Yoqubov) 4. Ahmadqul bobom odam 
lar to‘plangan 
katta mehmonxonadan yugurib chiqib: Hamza 
 
xon, – deb qattiq chaqir-
di, – yoningga bir kishini olgin-da, borib Erkacholni zambilga solib olib 
kelinglar, u mening yet 
mish yillik qadrdonim bo‘ladi-ya, og‘ir kunimda 
yonimda tursin... (X. To‘xtaboyev)
Ko‘chirma gaplarning uslubiy-tasviriy imkoniyatlari juda katta. 
O‘zganing hech bir o‘zgarishsiz, aynan beriladigan gapi, ayniqsa, badiiy 
asarda qahramon qiyofasini chizishda, to‘laqonli obraz yaratishda, turli 
ruhiy holatlarni tasvirlashda alohida o‘rin tutadi. Ko‘chirma gapning 
muallif gapi bilan xilma-xil munosabatlarida aniq va ifodali tasvir 
yuzaga keladi.
Ko‘chirma gap muallif gapi bilan birgalikda o‘ziga xos qo‘shma 
gap turini tashkil etadi. Badiiy uslubdagi tasvir maqsadiga uyg‘un 
ravishda bu qo‘shma gap sodda gapga aylantirilishi ham mumkin. 


94
O‘zlashtirma gap deb yuritila 
digan bu sodda gap ko‘chirma gapli 
qo‘shma gap bilan ma’nodoshlik hosil qiladi. Qiyoslang: Men 
O‘zbekiston yoshlar ittifoqiga a’zo bo‘ldim, – dedi mamnunlik bilan 
do‘stim. – Do‘stim O‘zbekiston yoshlar ittifoqiga a’zo bo‘lganligini 
mamnunlik bilan aytdi. 

Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling