107-mashq.
Ko‘chirma gaplarning muallif gapi bilan muno sa bati haqida
fikrlashing.
1. Mirzaabdulla ashulani to‘xtatib uni turg‘izdi. Sudrab tashqariga
opchiqib ketdi: – Shu yerda turib aytasan. Hamma eshitadigan qilib
qattiq-qattiq ayt! (Said Ahmad) 2. U bir lahza jim qoldi-da, o‘ziga
gapirganday sekin qo‘shib qo‘ydi: – Payshanba kuni Komil tayibning
uyiga boruvdim. Har kuni nahorga bir kosadan qo‘y suti ichsa,
dard ko‘rmaganday bo‘lib ketadi, – dedi. (O‘. Ho shi mov) 3. O‘rta-
dagi yaltiroq stolga popukli qalin dastur
xon yozarkan, bilinar-bilinmas
kulimsirab: – Xizmatlar yaxshi o‘tyaptimi, Hikmat aka? – deb so‘radi.
(O. Yoqubov) 4. Ayvonda ag‘nab yotgan Hakimjon mingboshini qo‘yib,
Miryoqubga arz qildi: – Yurtda hali-hozir tinchlik. Unaqa zo‘r
degunday ish yo‘q. Mayda-chuyda arizalar ko‘p, albatta. Ular
ning
ko‘pini o‘zim to‘g‘rilab yubordim. Besh-to‘rtta kattaroq arizalar bor,
ularni o‘zimcha hal qilishga botinolmadim. (Cho‘lpon) 5. Amakim
hikoyasini tugatishi bilan o‘zining tizzasiga o‘z shapalog‘i bilan urib
o‘rnidan turdi-da: – Mening ana shunaqa arslonim bor edi! – dedi
yig‘lamsirab. (X. To‘xtaboyev) 6. Abduzafar aka qo‘lini siltadi: – Kechi-
rim so‘ramang, mayli. Pishiq bo‘ling
deyman-da. O‘sadigan vaqtlaring
ham kelyapti. Mana, biz ham
pensiya yoshiga boryapmiz, xo‘sh, ishni
kimlarga qoldiramiz, a? (Ahmad A’zam)
Do'stlaringiz bilan baham: |