95
qilar,
yurish-turishlari, qaddi-qomati, bo‘ylari, ko‘zlari va qoshlarining
chiroyliligini aytar edi.
(Cho‘lpon) 2. Majlisning boshlig‘i bo‘lgan
Otabek qipchoqlarning
zulm va taaddisini, qipchoqlaridan ishni
olmoq uchun Toshkand
da Azizbek va o‘z otasi boshliq bilfe’l ish
boshlaganlarini so‘zlab, Marg‘ilonning ham mundan so‘ng
oyoqqa
qalqishi kerakligini aytdi...
(Abdulla Qodiriy) 3. Yo‘lchi Shokir
otaning ahvolini, tirikchiligini so‘radi.
(Oybek) 4.
Sultonov uning
Qo‘qondaligini, qaynatasi bilan xotinining yettisidan so‘ng Qo‘qonda
tashkil etilgan ma’rakada qatnashayotganini,
kechqurun qaytishini ayt-
di.
(O‘. Umarbekov) 5. So‘ngra Oltoyda
ham topishmoqni topolmagan
kishi «shahar berishi»ni yoxud kulgili bir laqab bilan atalishga rozi
bo‘lishini aytdi.
(Sh. Xolmirzayev)
Do'stlaringiz bilan baham: