120-mashq.
Ritorik so‘roq gaplardan anglashilayotgan inkor va tasdiq
ma’nolariga diqqat qiling, shakl va mazmun o‘rtasidagi
zidlikka izoh bering.
1. Bir kechagina yotib ketsangiz, nima bo‘ladi. Uyingizni bo‘ri yeb
ketarmidi! (Said Ahmad) 2. Borsam boraveraman-da, uyda bolam qolib
ketarmidi! (Tohir Malik) 3. Xudo nimani xohlaydi, kim biladi?! (Murod
Mansur) 4. Voz kechsa, uning ko‘ziga qanday qaraydi?! (O‘. Umarbekov)
5. Dadasi, endi sizga nima deb javob beraman?! (Tohir Malik)
121-mashq.
Berilgan gaplardagi undalmalarning
kishining diqqatini
tortish, chaqirishdan tashqari yana qanday qo‘shimcha
ma’nolarni ifodalayotganini aniqlang.
1. Ko‘nglingizga olmang, iltimos qilaman sizdan, Quvvatjon, o‘lay
agar... (Sh. Xolmirzayev) 2. Quvvatjon, o‘sha paytda orqaga qayti-
shim kerak ekan. Ablahman-da, inim! Ablahman... (Sh. Xolmirzayev)
3. Yo‘q, qizim, xayol sura
yotganim yo‘q... hali gapimiz chala
qoldi. (Abdulla Qahhor) 4. Toza hayron bo‘larsiz-a, otaxon! Bizning
qishloqda G‘afforjon degan, qo‘y og‘zidan cho‘p olmagan, buning
ustiga hech kimi yo‘q bir yigit bor edi. (Abdulla Qahhor) 5. Mulla
akalar, bu yerdan chiqib qayerga boramiz? – dedi qorovul. (Abdulla
Qahhor)
Do'stlaringiz bilan baham: |