«O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»


Download 0.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/161
Sana29.12.2021
Hajmi0.98 Mb.
#183323
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   161
Bog'liq
10 sinf ona tili darslik

30-mashq.
  «O‘zbek tili omonimlarining izohli lug‘ati»dan olingan 
chek 
so‘zining izohlariga e’tibor bering. Ularni gap ichida 
qo‘llang.
CHeK I
  Chegara, eng so‘nggi chegara. Sho‘xliklariga chek qo‘ymoq. 
Bolalarning shodligiga chek yo‘q edi. 
CHeK II
 Chegaralari aniq belgilangan yer uchastkasi.
CHeK III
  Qur’a, bir ishni bajarish majburiyatini yuklovchi shartli 
belgi.  Chek tashlamoq. Chek menga chiqdi.


30
CHeK IV
 Ma’lum summani bankdan, kassadan olish yoki boshqa 
yerga o‘tkazish huquqini beruvchi hujjat. Siz bergan chek bilan bankdan 
pulimni oldim.
CHeK V
 1 Tortmoq. Iztirob chekmoq. G‘am chekmoq. 2  Tushirmoq. 
Imzo chekmoq. Gul chekmoq.
31-mashq.
  S. Zunnunova asarlaridan olingan gaplarga e’tibor qi 
ling, 
ularda qo‘llangan shakldosh so‘zlarni topib, izohlang. 
1. Quyosh chiqdi, gul yaprog‘iga Tunda qo‘ngan shabnam aridi. Qon 
yugurdi ol yonog‘iga, Bargi g‘ubor – changdan aridi. 2. Bolangga ham, 
uyingga ham qara, ham ishla, ham dam ol... 3. Dilda takrorlab otin, tilab 
umr-u davlatin, Soyasi bo‘lib tag‘in Saida zor o‘tdimi? 4. Shirmonxon 
jilovi bo‘sh bo‘lishiga qaramay, hamon o‘rnida qimirlamay turgan otga 
chaqqonlik bilan mindi-da, jadal qamchi bosdi. 5. Shirmonxon ixtiyoriga 
bo‘ysunmay oqayotgan ko‘z yoshlarini dastro‘moliga artar ekan, yana xatga 
termildi. 6. Yosh bo‘lib, yoshligimni bilmadim. 7. Mana bu bolalarga tut 
qoqib bering. 8. Bo‘ldi, o‘zingni tut.
«O‘zbek tilining izohli lug‘ati»dan olingan quyidagi so‘zlarning ma’no-
lariga berilgan izohlarni eslab qoling va ular ishtirokida gaplar tu 
zing.

Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling