69-mashq.
Inkor ma’nosining ifodalanishiga diqqat qiling.
1. Ana endi bunga shubha bildirib ko‘ring-chi, naqd hasadgo‘y,
dushman atalasiz-qolasiz! Bu gaplarni kim bilmaydi dersiz? (Erkin A’zam)
2. Qandaydir bir isqirt, piyonista, qamoqdan chiqqan kimsa yashaydigan
sassiq yerto‘laga kim ham o‘z farzandining kirib, o‘sha sondan chiqqan,
demak, ishonchsiz – xavfli odam bilan o‘tirishi, uning maza-bemaza
gaplarini eshitishiga qarab turardi? (Sh. Xolmirzayev) 3. Lekin bizni kim
ham ishga olardi, Bo‘ri polvon. (Tog‘ay Murod) 4. Bir ahmoq xodimining
qilig‘i uchun mansabdan ayrilishni kim ham istar edi? (Tohir Malik)
5. Qalbi muhrlangan banda uyni muhrlamoqchi bo‘lganlarga nima ham
deya olardi? (Tohir Malik) 6. Ammo Chaman akadan beruxsat nima ham
qila olardim?! (Murod Mansur)
Do'stlaringiz bilan baham: |