82-mashq.
Ritorik so‘roq gaplarning mazmunini izohlang.
1. Gunohlar kirini pushaymonlik va tavba yoshi yuva oli
shini kim
bilmaydi? (Tohir Malik) 2. Yelkasidagi tashvish yuki bilan qayerga sig‘adi?
(Tohir Malik) 3. Kim bilmaydi buni?! Kimga kerak, ayting! (Asqad
Muxtor) 4. Musulmonning qo‘liga yaxshi beshotarni berib qo‘yarmidi?
(Cho‘lpon) 5. Balki, bu sirlarni u ham bilmas? Bilsa, aravada aytmasmidi?
(Cho‘lpon) 6. Siz-biz «tushmasin» deganimiz bilan tushmay qolarmidi?
(Cho‘lpon) 7. Bizni bo‘ri yermidi? Yosh narsalarga qarilarni aralashtirib
nima bor? Siqilib o‘lmaydimi odam? (Cho‘lpon) 8. Zay
nab to‘g‘ri aytadi,
deb o‘yladi, agar uni yaxshi ko‘rmaganda, Toshkandga kelishimni kutib
o‘lturarmidi? (Abdulla Qodiriy) 9. Evoh! Tanish sas, tanish ovozlar-ku!
So‘nggi qabulida bo‘lgan o‘ktam yigit shu emasmi? (Murod Mansur)
10. Qaysi ona o‘z nevarasini o‘zi o‘ldirtiribdi?! (P. Qodirov) 11. Hamma
bir millat bo‘lsa, nimasi yomon? (Erkin A’zam)
Do'stlaringiz bilan baham: |