«O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»


Download 0.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet101/161
Sana29.12.2021
Hajmi0.98 Mb.
#183323
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   161
Bog'liq
10 sinf ona tili darslik

81-mashq.
  Gapning ifoda maqsadiga ko‘ra turlarini uslubiy 
kontekstlarda qo‘llab, matn tuzing. 
RITORIK SO‘ROQ
GAPLAR USLUBIYATI
Topshiriq.
 
Berilgan so‘roq gaplarni javob talab qilishi yoki qilmasligiga 
ko‘ra farqlang.
1. Bu kishi kimingiz bo‘ladir, bek aka? (Abdulla Qodiriy) 2. Meh-
monlar qanaqa kishilar ekan, tanidingmi? (Abdulla Qodiriy) 3. Bu 
gaplarni kim bilmaydi deysiz? (Erkin A’zam) 4. Safar hayotini kim 


72
bilmaydi? Ayniqsa, betartib, to‘polon jamoaviy safarlarni! (Erkin A’zam) 
5. Nega shoshilmasin? Butun ishlari chala. Sobirjonga issiq ovqat 
qilmasa bo‘ladimi? (O‘. Umarbekov) 5. Buni ko‘rgan qaysi ota tinch 
yuradi? (Tohir Malik) 6. Endi yaxshi bo‘lib qayerga borardim, jiyanim? 
– ozib ketgan qo‘llarini arang uzatdi Muhammadjon aka so‘rashmoq 
uchun.  (Ulug‘bek Hamdam)
Ritorik so‘roq gaplar javob talab qilmaydigan, tasdiq mazmunidagi 
javobni o‘zida yashirin ifodalaydigan gaplar bo‘lib, ular eng kuchli 
uslubiy vositalardan sanaladi. Bunday so‘roq gaplarda fikr kuchli his-
hayajon, emotsionallik bilan, juda ifodali, ta’kidli va ta’sirchan tarzda 
beriladi. Shuning uchun bunday gaplar, asosan, so‘zlashuv, badiiy va 
 
publitsistik uslublarda keng qo‘llanadi. Misollar: Hozir erta turmasa 
bo‘ladimi?! (O‘. Umarbekov) Xalqini sevgan qaysi farzand vatanini ozod 
ko‘rishni xohlamaydi?! (Erkin A’zam) Oliy adolat degani mana shu 
emasmi?! (Erkin A’zam)

Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling