80-mashq. Berilgan gaplarning qaysilarida taajjub, gumon, taxmin,
istak kabi ma’nolar ifodalangan?
1. Odammisiz, nimasiz?! Uning ovozi o‘ziga juda uzoqdan eshiti-
layotganga o‘xshardi. – Axir, insof, vijdon degan narsa bormi sizda?! (Said Ahmad) 2. Shamollatgandirsan-da? – dedi Nazir ota. (O‘. Umarbekov) 3. Siz endi ko‘rayotgandirsiz-da? (Tog‘ay Murod) 4. O‘zingga o‘xshagan
boyvachchalarni
aytishga shoshmagandirsan? (Tohir Malik) 5. Har holda,
bekorga so‘ramagandirsiz. (Tohir Malik) 6. Bir-ikkita joyni ko‘z ostiga olib
qo‘yuvdim, bir borib ko‘rsang bo‘larmidi? (Tohir Malik) 7. Sen tug‘ib
qo‘ysang-u, boshqa xotin tarbiyalasa, bolada ena-otaga mehr bo‘larmidi? (Tohir Malik) 8. Benomus qiz, ayt to‘g‘risini,
Baxti qora! El nomusini
Orsizlarcha poymol etganda,
Zarracha es bormidi sanda? (Hamid Olimjon)
71 A. Hojiyevning «O‘zbek tili sinonimlarining izohli lug‘ati»dan
olingan balo so‘zi sinonimlari tavsifi bilan tanishing, ulardagi ma’no
nozikliklarini eslab qoling. Bu so‘zlar ishtirokida gaplar tuzing.