4-topshiriq.
Shaxs-son, zamon va bo‘lishsizlik qo‘shimchalarining qan-
day uslubiy vazifalarda qo‘llanayotganini aniqlang.
1. Lekin nima ham derdingiz – tirikchilik, birovning ro‘zg‘orini birov
tebratmaydi. (Erkin A’zam) 2. O‘shanda ham shunday bo‘ldi. Xiyobondan
ketyapman-u, xayolim unda. (O‘. Umarbekov) 3. Keyin qarasam, bu ilonlar
sizning yelkan gizga o‘rmalab chiqmoqda. (P. Qodirov) 4. Qarasam, hovlida
bir o‘t yonyapti. (Tog‘ay Murod) 5. O‘zicha bir balolarni
javraydimi-yey!
Qochib ketging keladi. (Erkin A’zam) 6. Gumoningizni ayting bo‘lmasa! –
dedi ellikboshi tajang bo‘lib. (Abdulla Qahhor) 7. U bundan foydalanmay
qo‘ymaydi. Video
salonlari ishini shu uyda davom ettirsa ajabmas. (Tohir
Malik) 8. Na qo‘limni, na oyog‘imni qimirlata olaman. Na o‘ngarila
olaman, na yuztuban tushib, yuzimni bedalarga burkay olaman. Bundanam
ortiq xo‘rlik bo‘larmi?! (Murod Mansur)
Do'stlaringiz bilan baham: |