101-mashq.
Gaplarni o‘qing, ularda ifodalangan voqea-hodisalar
o‘rtasidagi mazmuniy munosabatni izohlang.
1. Endi bu soatdan boshlab Marg‘ilondan roziman, negaki yo‘qlab
kelguchi sizning kabi qadrdonlar ham bo‘lur ekan. (Abdulla Qodiriy)
2. Shodi akaning gaplarini eslayman, ammo qanday ko‘rinishi esimdan
chiqib ketgan. (Ahmad A’zam) 3. Xuddi shu yerda o‘sha kuni Toshboltaning
jomadonlari turgan, shuning uchun gilamni ko‘tarib qarash hech kim
ning
xayoliga kelmagan edi. (Tohir Malik) 4. Jiyan ham bir zumda buyruqni
bajo keltiradi – inqillab, sinqillab buzoqchani ko‘tarib chiqadi. (Said
Ahmad) 5. Bir kuni ko‘zi otilib yerga tushganda, bildirmay bir tepgan
edim, ruda olib ketayotgan transportyor lentasiga borib tushdi. (Said
Ahmad)
Do'stlaringiz bilan baham: |