MURSHID
Tariqat odoblaridan saboq beruvchi pir, shayx va ustoz.
SHAYX
Islom dini tarqalgan mamlakatlarda, avvalo, bilim
don kishilar-
ga, so‘ngra ulamo va faqihlarga berilgan nom; keyinchalik muqaddas
joylarning mutasaddilari ham shayx deb yuritilgan.
XONAQOH
1. Masjidning namoz o‘qiladigan, odatda keng va katta
xonasi. 2. So‘fiylar mashg‘ulotlarini o‘tkazish uchun mo‘ljallangan katta
xona va uning atrofidagi hujralar.
G‘O‘CH
(shevada) Mard, botir.
1. Nutq uslublarining o‘ziga xos belgilari haqida gapiring.
2. Nutq uslublarida til vositalaridan qanday foydalaniladi?
3. O‘qituvchi dars mashg‘ulotida qanday uslubdan foydalanadi?
4. Do‘stlaringiz bilan suhbatlashganda qaysi uslubdan foydalana-
siz?
14-mashq.
Berilgan matndagi ajratib ko‘rsatilgan so‘z va ifodalarning
qaysi uslubga xoslanganini aniqlang.
Saboning eri keyin mashinasiga yetar-yetmas haydovchiga «Motorni
qo‘sh
!» imosini qildi-yu, uyga – Saboga sim qoqdi.
– Tez bo‘l! – dedi har qanday mulozamatni yig‘ishtirib qo‘yib,
nafasi bo‘g‘ziga tiqilgancha. – Tez bo‘l!
Donor
topilibdi. Tayyorgar-
ligingni ko‘rib, pastga tush! Yigitlar seni
kasalxona
ga olib kelishadi.
Men o‘sha yerga ketyapman. Ha, Shahlo yoningdami?
Ovol
o‘zing
bilan.
Do'stlaringiz bilan baham: |