«O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»
Download 0.98 Mb. Pdf ko'rish
|
10 sinf ona tili darslik
15-mashq.
Berilgan gaplarda so‘zlashuv uslubiga xos til birliklarini toping. Ulardagi salbiy va ijobiy baholarga asoslanib, so‘zlovchi shaxsi haqida mulohaza yuriting. 1. Hoy, Sanobar, o‘zizzi ja bilimdon sanavorasizki... Nima, Qo‘ldoshxo‘ja? Yomon bo‘lsin, deptimi? (Murod Mansur) 2. Ho‘, men 19 o‘qigan hikoyang bor edi-ku, opkel, bosamiz. (Said Ahmad) 3. Hoy bo- lam, manavini bir simir. Ichginang uzilib ham ketgandir sanginani. Ol, ol, xolang qoqindiq. (Murod Mansur) 4. Sharif akamni Maskovdan olib kelib... shu yerga qo‘ydik (Tohir Malik) 5. E, soching qursin! – derdi opasi. – Qo‘llarim tolib ketdi, sochingni o‘rdirishga odam yollash kerak. (Said Ahmad) 6. Attang, bizning serdsa chatoq-da. (Erkin A’zam) 7. Da - dasi, shu chigirtkalargayam odamning rahmi keladi-ya! (Sh. Xolmirzayev) 8. Eb-ey, qiyshiq-ku! – dedi Hasan bobo. (Tog‘ay Murod) 16-mashq. Berilgan matndagi faqat og‘zaki so‘zlashuv uslubiga xos- langan birliklarni aniqlab, ularga izoh bering. Endi ketamiz deb turgan edik, uzoqdan: – Ho‘-ho‘-ho‘y! Kim bor? – degan ovozni eshitib qoldik. Sheriklarim tapura-tupuriga olib qochib qolishdi. Men bo‘lsam uzumni ko‘p yeb qo‘yganimdanmi, qimirlol- may qoldim. Nima qilishimni bilmay ko‘zimni chirt yumdim-da, joyimda turaverdim. Qancha turdim, bilmayman. Ko‘zimni ochsam, ro‘paramda qizil etik, oq yaktak kiyib, ustidan ko‘k qiyiqni bog‘lab olgan baland bo‘yli bir chol jilmayib turibdi. Qaltirab ketdim. – Qo‘rqma, qo‘rqma, bolam, – dedi u mayin tovush bilan. – Uzum kerak ekan, aytmaysanmi, o‘zim uzib berardim. Bunday muomalani men sira kutmagandim, yig‘lab yubordim. Ko‘zim- dan oqqan yoshni artish uchun qo‘limni ko‘targan edim, ko‘ylagim ish- tonbog‘imdan chiqib ketib, qo‘ynimdagi uzum yer bilan bitta bo‘ldi. Ammo chol e’tibor bermadi. Ko‘rgan bo‘lsa ham o‘zini ko‘rmaganlikka solib, meni yupata boshladi. – Yig‘lama, nega yig‘laysan, tentak, – dedi u boshimni silab. – Bir bosh olibsanlar, ikki bosh olibsanlar, nima bo‘pti? Kamayib qoladimi? Qara, bu uzumlarni! Qancha, axir. Hammaga yetadi. Qani, bu yoqqa yur! – Chol qo‘limdan ushlab yetaklab ketdi. Bog‘ning o‘rtasidagi ishkomga kirdim. Ish- kom to‘la yong‘oqdek-yong‘oqdek keladigan qora charos edi. – Tuzukmi? – dedi chol menga qarab va kulib qo‘ydi. Ko‘kragiga tushib turgan qalin oppoq soqoli silkinib ketdi. – Tuzuk bo‘lsa, shundan uzib beraman. U qiyig‘iga osib qo‘ygan pichog‘ini qinidan sug‘urib uzum uza boshladi. – Mana, bolam, ol. O‘rtoqlaringga ham olib bor. Men apil-tapil uzumni qo‘ynimga solib, ko‘chaga yugurdim. Rahmat aytish ham esimdan chiqibdi. (O‘. Umarbekov) |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling