«O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»
Download 0.98 Mb. Pdf ko'rish
|
10 sinf ona tili darslik
2-topshiriq.
Salbiylik yoki ijobiylik bo‘yog‘iga ega so‘zlarni toping va ma’nolarini izohlang. 1. U yoq-bu yoqqa alanglagan edi, tunov kungi shop mo‘ylovli buldozerchining tirjayib turganini ko‘rdi. (Said Ahmad) 2. Haligi odam dami ichiga tushib, ming‘irlagancha nari ketdi. (Murod Mansur) 3. Ara- vaning oldida g‘o‘zapoya orasidan iljaygan kalla ko‘rindi. (O‘. Umarbekov) 4. Qiz Umidga qarab jilmaydi. (Mirmuhsin) Nutqni to‘g‘ri va ta’sirli tuzishda, nutqiy uslublarni maqsadga to‘la muvofiq shakllantirishda uslubiy bo‘yoq alohida o‘rin tutadi. Tildagi so‘zlar (boshqa birliklar)ning kattagina qismi muayyan nutqiy vaziyatlarda qo‘llashga moslashgan, ya’ni muayyan uslubga xos langan, bu uslubning o‘ziga xos belgisiga aylangan, bu so‘zni faqat shu uslubda ishlatish maqsadga muvofiq. Ayni paytda ayrim so‘zlar qo‘shimcha ravishda so‘zlovchi (yozuvchi)ning nutq predmetiga bo‘lgan salbiy yoki ijobiy munosabatini ham ifodalaydi. Ana shu ikki jihat, ya’ni so‘zning muayyan uslubga mansubligi va unda so‘zlovchi subyektiv munosabati ning ifodalanganligi «uslubiy bo‘yoq» nomi bilan umumlashtiriladi. Birinchisi «funksional bo‘yoq» (masalan, «pul» ma’nosidagi mullajiring so‘zida so‘zlashuv uslubiga mansublik belgisi, «inson» ma’nosidagi bashar so‘zida badiiy-poetik uslubga mansublik belgisi mavjud). Ikkinchisi esa, «emotsional-eks- 24 pressiv bo‘yoq» (masalan, jamol so‘zida ijobiy munosabat, bashara so‘zida esa salbiy munosabat ham o‘z ifodasini topgan) deb yuritiladi. Bunday uslubiy bo‘yoqli so‘zlar o‘zbek tilida juda ko‘p bo‘lib, ular tili mizning o‘ziga xos ifoda boyliklaridir. Download 0.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling