22-mashq.
Funksional bo‘yoqqa ega so‘zlarni topib, qaysi nutqiy
uslubda qo‘llanishini ayting.
1. Bekorchi bo‘lmasa, biron-bir vakolati yo‘q bizga o‘x
shaganlarni
mana bunday azza-bazza qabul qilib, bamayli
xotir suhbat qurib o‘tirar-
midi! (Erkin A’zam) 2. Menga qara, o‘ so‘tak! Sen bu yerda masala
so‘qima. (Tohir Malik) 3. Kutmay qo‘yaqol, bolam. Suydixon boyaqish
hali-beri kelmaydi. (Said Ahmad) 4. Men buyuk yurt o‘g‘lidurman, Men
bashar farzandiman, Lekin avval senga bo‘lsam, Sodiq o‘g‘lon, o‘zbegim.
(E. Vohidov) 5. Men Vatanni bog‘ deb aytsam, Sensan unda bitta gul.
Men Vatanni ko‘z deb ayt
sam, Bitta mujgon o‘zbegim. (E. Vohidov)
6. Ana shunday mard, tanti edi shoirimiz! (Erkin A’zam) 7. O‘sha palat-
kadan yoshi yigirma beshlardagi suluvgina bir ayol chiqdi-da, Nu’monjon-
ga qaradi. (Said Ahmad) 8. Dohiy o‘rnidan shaxdam turib, to‘rt tarafga
qaray-qaray nutq irod eta ketdi. (Erkin A’zam)
Do'stlaringiz bilan baham: |