«O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»


Download 0.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/161
Sana29.12.2021
Hajmi0.98 Mb.
#183323
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   161
Bog'liq
10 sinf ona tili darslik

27-mashq.
  Anvar Obidjonning «Ota o‘giti» she’rini o‘qing. Sizga ham 
otangiz aytgan o‘gitlarni eslang va sinfdoshlaringiz bilan 
fikrlashing. Ajratib ko‘rsatilgan so‘zlarning ma’nodoshlarini 
toping.
Har bitta so‘z – suvdek 
aziz,
Har bitta so‘z – nondek 
uvol.
Til boyligin bog‘ deb bilsak,
Har bitta so‘z – bitta 
nihol.
Biror so‘zni 
isrof qilmoq,
Bir ko‘chatni yulmoqlikdir.


29
Bora-bora ota meros –
Bog‘ni xarob qilmoqlikdir.
Ey bolam
yot
 yurtga borsang,
«Ne atalur 
eling
?» – derlar.
«Qay millatning vakilisan?
Bormi ona tiling?» – derlar.
Shunda: «Mening 
qutlug‘
 tilim –
Navoiyning mehri, – degil.
– 
Yurtim
 Ulug‘beg-u Bobur,
Amir Temur 
yeri
» – degil.
28-mashq.
  4 guruhga bo‘lining va quyidagi ma’nodosh so‘zlar qatori 
asosida gaplar tuzing.
1. Do‘st
—o‘rtoq—og‘ayni—birodar—oshna—yor. 2. Chiroyli—go‘ zal—
suluv—sohibjamol—barno. 3. Ko‘p—ancha—bisyor—talay—mo‘l—serob. 
4.  Tu shunmoq—anglamoq—fahmlamoq—id rok  qilmoq—ilg‘amoq. 
29-mashq.
  Alisher Navoiy shohbaytlarida ilgari surilgan g‘oya haqi-
da bahslashing. Qavs ichida berilgan paronim so‘zlardan 
mosini qo‘yib ko‘chiring va ularga izoh bering. 
1. Hunarni asrabon netkumdur (oxir, axir, oxur), Olib tufroqqamu 
ketkumdur  (oxir, axir, oxur). 2. Haq yo‘linda kim senga bir harf o‘qut-
mish ranj ila, Aylamak bo‘lmas ado oning haqin yuz (ganch, ganj) ila. 
3. Quyoshlig‘ istasang, kasbi kamol et, Kamol (kosib, kasb) etarsen, 
bemalol et. 4. Har kishikim, birovga qozg‘ay (chog‘, choh), Tushgay ul 
(chog‘, choh) aro  o‘zi nogoh. 

Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling