26-mashq.
Berilgan she’rlarda qo‘llangan ma’nodosh so‘zlarni toping,
ma’nodoshlikning qanday til vositalari o‘rtasida yuzaga
chiqayotganligiga e’tibor bering.
1.
Gunafshalar
qulog‘imga
madhingni
So‘zlab-so‘z lab
charchadilar,
bit-
madi…
Alamzada
bulbul yig‘lab, ke cha lar Alamingning so‘ngin tamom et -
madi. (Cho‘lpon) 2. Maqtadim, ko‘kka ko‘tardim sizni men, Endi menga
sizga yetmaklik qiyin. (Cho‘lpon) 3. Asror uning qalbida katta dard, alam
borligini sezgan edi. (Tohir Malik) 4. Inson bilan tirikdir inson, Muhab-
batdan hayotning boshi. Odamzodga baxsh etadi jon, Odamlar ning mehr
quyoshi. (E. Vohidov) 5. Necha bor aytdilar, bu dunyo o‘tar, Payt ke-
lib, o‘zga bir olamlar kutar. (A. Oripov) 6. Hang o ma ko‘p uchrar hayotga
doir, Keksa bir qalamkash odam bor edi. Sizga ko‘p yomonlik qilganman,
shoir, Kechiring, uzrimni so‘rayman, dedi. (A. Oripov) 7. Barglarda raqs
etar shabboda, O‘ynar sabo shaklinda kecha. Tun bulutga ko‘tarib boda,
Afsona lar aytar tonggacha. (Rauf Parfi)
Do'stlaringiz bilan baham: |