BARTeR
Pul mablag‘lari ishtirokisiz bevosita tovarga tovar ayirboshlash
va shu haqdagi shartnoma.
BIRJA
Qimmatbaho qog‘ozlar va har xil mollar bilan savdo-so-
tiq qiladigan yirik savdo muassasasi; bozorni uyushtirishning tashkiliy
shakli.
INVeSTITSIYA
Mamlakat ichkarisida yoki chet elda, foyda ko‘rish
maqsadida, biror korxona yoki iqtisodiyotning muayyan tarmog‘iga kapital
qo‘yish, kiritish va shunday kapitalning o‘zi.
MARKeTING
1 Iqtisodiyotning mahsulot ishlab chiqarish va uni so-
tish (talab va iste’mol, mahsulotga narx belgilash, ularni targ‘ib qilish,
sotilayotgan tovarlar hajmini ko‘paytirish vositalari kabi) muammolari bilan
shug‘ullanuvchi soha. 2 Bozor ehtiyoji talablaridan kelib chiqqan holda
korxonaning yangi mahsulotlar ishlanmalarini tayyorlash, tovarlar ishlab
chiqarish va sotish yoki turli xil xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha faoliyatini
boshqarish va tashkil etish tizimi.
Do'stlaringiz bilan baham: |