«O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»


Download 0.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/161
Sana29.12.2021
Hajmi0.98 Mb.
#183323
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   161
Bog'liq
10 sinf ona tili darslik

39-mashq.
  Gaplarni o‘qing. Iboralar o‘rtasidagi ma’nodoshlik va zid 
ma’nolilikka e’tibor bering.
1. Bu ishni kim qilsa-da, o‘ziga to‘q odam qilibdi! Qo‘li uzun odam 
qilibdi!  (Tog‘ay Murod) 2. Uylanay desa, ba’zilarining qo‘li kalta: ota-
ona qari, chimildiq osguncha, ularni boqib turish kerak. (Erkin A’zam) 


37
3. Endi mulla Faz 
liddin bo‘yni yo‘g‘on beklardan ko‘rgan yomonliklarini 
aytib bersa, Bobur uni himoyasiz tashlab qo‘ymasligi kerak. (P.  Qo di rov) 
4. Miryoqub bo‘lsa, nima deyishga hayron bo‘lib, boshi qotib o‘tirardi. 
(Cho‘lpon)  5. Nilufar miyasi g‘ovlab ketayotganini sezib, sanchib 
og‘rigan chakka tomirlarini siladi, bir nuqtaga tikilib, uzoq o‘tirdi. 
(O. Yoqubov) 6. Bu ikkala qarindoshim bir-biriga joni achiydigan, bu qa-
dar mehrli ekan-u, men nima xayollarga borib yuribman! (Murod Mansur) 
7. Sur’atga odamning ichi achiydi, har holda do‘stimiz, hamshahrimiz. 
(Erkin A’zam) 8. Ikki g‘arib bir yoqadan bosh chiqargan edik. (Oybek
9. Nega qo‘llamaylik, nega bir jon-bir tan bo‘lmaylik?! (Murod Mansur)

Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling