«O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»


Download 0.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/161
Sana29.12.2021
Hajmi0.98 Mb.
#183323
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   161
Bog'liq
10 sinf ona tili darslik

51-mashq.
  Berilgan gaplardagi kelishik qo‘shimchalarini ko‘makchilar 
bilan almashtirib ko‘ring, ma’nosini izohlang. Ma’nodagi 
o‘zgarishlarga e’tibor bering.
1. Qo‘lida stakan, piyola ushlagan bemorlar suv ichgani buloq tomon-
ga ketishyapti. (Said Ahmad) 2. Bu qutilarda bir kun oldin telefonda 
berilgan buyurtmaga binoan, qora, qizil ikra, yangi so‘yilgan qo‘y go‘shti, 
qog‘oz bankada qaymoq, apelsin, hind choyi, ko‘k choy va qazi kabi 
noyob yemishliklar bor. (Said Ahmad) 3. Gulnor Nurining o‘z oilasidagi 
voqealardan, bilgan-eshitganlaridan so‘zladi. (Oybek) 4. Yorug‘ tushmay-
digan, tashqaridan tiq etgan tovush kelmaydigan yakka zimiston xonada 
yotganimda xuddi shu otga o‘xshab ko‘rgan-kechirganlarimni eslab o‘tirar-
dim. (Said Ahmad) 5. Ular ham meni Hind sari chorlaydirlar, mamlakatni 
obod qilishni, ilm-u ma’rifatni yuksaltirishni o‘ylaydilar. (P. Qodirov) 
6. Bog‘dan chiqish uchun bir necha odim yurgach, ishkom ichida poyaga 
suyanib turgan qizga ko‘zi tushdi, uyalganidan bir zumda qizarib-bo‘zarib 
ketdi, ketmoniga tikilib qadamini tezlatdi. (Oybek) 7. Agar u guldastani 
xotiniga deb olganda odamlar 
 unga ajabsinib emas, havas bilan qarar 
edi.  (Ahmad A’zam)

Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling