«O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»
Download 0.98 Mb. Pdf ko'rish
|
10 sinf ona tili darslik
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-topshiriq.
Yuz, ko‘z, qo‘l
kabi so‘zlarga -lar qo‘shimchasi qo‘shilganda, qan- day uslubiy ma’no ifodalanadi? 4. Aniq miqdorni ifodalovchi sonlardan keyin ko‘plik shaklini qo‘llash mumkinmi? 50-mashq. Biror badiiy asardan ko‘plik qo‘shimchasi uslubiy vazifalar bajargan 8 ta gapni ko‘chirib yozing. 46 KeLISHIK QO‘SHIMCHALARI USLUBIYATI 1-topshiriq. Berilgan so‘z birikmalaridagi kelishik qo‘shim chalarining qo‘shilishiga ko‘ra farqlarini aniqlang. Osh yeng – oshni yeng – oshdan yeng. O‘rik danak – o‘rik danagi – o‘rikning danagi. 2-topshiriq. Berilgan gaplardagi kelishik qo‘shimchalarining uslubiy xu- susiyatlarini aniqlang va ma’nosini izohlang. 1. Chappar urib gullagan bog‘in, O‘par edim vatan tuprog‘in. (Hamid Olimjon) 2. Biz shu yo‘llar tizginin qo‘lga olaroq… yer kurrasin boshin tang‘idik. (G‘afur G‘ulom) Kelishik qo‘shimchalari belgili-belgisiz qo‘llanishi, bir-biri bilan al- mashinish imkoniyati, ayrim ko‘mak chilar bilan ma’nodoshligi, ayrim- larining qisqargan shaklda qo‘llanishi kabi bir qator xususiyatlariga ko‘ra turli uslubiy ma’no nozikliklarining yuzaga chiqishiga imkoniyat beradi. Masalan, tushum kelishigi belgili qo‘llanganda, obyektni ta’kid- lash ma’nosi ifodalanadi, belgisiz bo‘lganda esa bu ta’kid yo‘qola- di. Qiyos lang: kitobni o‘qidi – kitob o‘qidi. Yoki birikmada tushum kelishigi qo‘llanganda, obyektning barchasi nazarda tutil- ganligi, ayni o‘rinda chiqish kelishigi qo‘llanganda esa obyektning bir qismiga e’tibor qaratilganligi anglashiladi. Qiyoslang: choyni ichdi – choydan ichdi. Yoki jo‘nalish keli shigining, masalan, uchun ko‘makchisi bilan ma’nodoshligi asosida almashtirilishi ham ifodada uslubiy farqni yuzaga keltiradi. Qiyoslang: do‘stimga ol- dim – do‘stim uchun oldim. Qaratqich va tushum kelishiklari qo‘shimchalari badiiy uslubda, xususan, she’riyatda -n shaklida qisqargan holda qo‘llanishi va matnga ekspressivlik, poetik ohang baxsh etishi mumkin. Masalan: Qarshimda yer sharin surati turar, Salmog‘i Quvaning anoricha bor. 47 (A. Oripov) Dengiz ortin yoritdi ilk bor Beruniyning aql mash’ali. (A. Oripov) Download 0.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling