«O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»


Download 0.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/161
Sana29.12.2021
Hajmi0.98 Mb.
#183323
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   161
Bog'liq
10 sinf ona tili darslik

Yuz, ko‘z, qo‘l
 kabi so‘zlarga 
-lar
 qo‘shimchasi qo‘shilganda, qan-
day uslubiy ma’no ifodalanadi?
4. Aniq miqdorni ifodalovchi sonlardan keyin ko‘plik shaklini 
qo‘llash mumkinmi?
 
50-mashq.
  Biror badiiy asardan ko‘plik qo‘shimchasi uslubiy vazifalar 
bajargan 8 ta gapni ko‘chirib yozing. 


46
KeLISHIK QO‘SHIMCHALARI
USLUBIYATI
1-topshiriq.
  Berilgan so‘z birikmalaridagi kelishik qo‘shim 
chalarining 
qo‘shilishiga ko‘ra farqlarini aniqlang.
Osh yeng – oshni yeng – oshdan yeng.
O‘rik danak – o‘rik danagi – o‘rikning danagi.
2-topshiriq.
  Berilgan gaplardagi kelishik qo‘shimchalarining uslubiy xu-
susiyatlarini aniqlang va ma’nosini izohlang. 
1. Chappar urib gullagan bog‘in, O‘par edim vatan tuprog‘in. (Hamid 
Olimjon) 2. Biz shu yo‘llar tizginin qo‘lga olaroq… yer kurrasin boshin 
tang‘idik.  (G‘afur G‘ulom)
Kelishik qo‘shimchalari  
belgili-belgisiz qo‘llanishi, bir-biri bilan al-
mashinish imkoniyati, ayrim ko‘mak 
chilar bilan ma’nodoshligi, ayrim-
larining qisqargan shaklda qo‘llanishi kabi bir qator xususiyatlariga 
ko‘ra turli uslubiy ma’no nozikliklarining yuzaga chiqishiga imkoniyat 
beradi.
Masalan, tushum kelishigi belgili qo‘llanganda, obyektni ta’kid-
lash ma’nosi ifodalanadi, belgisiz bo‘lganda esa bu ta’kid yo‘qola-
di.  Qiyos lang:  kitobni o‘qidi – kitob o‘qidi. Yoki birikmada 
tushum kelishigi qo‘llanganda, obyektning barchasi  
nazarda tutil-
ganligi, ayni o‘rinda chiqish kelishigi qo‘llanganda esa obyektning 
bir qismiga e’tibor qaratilganligi anglashiladi. Qiyoslang: choyni 
ichdi – choydan ichdi. Yoki jo‘nalish keli 
shigining, masalan, 
uchun ko‘makchisi bilan ma’nodoshligi asosida almashtirilishi ham 
ifodada uslubiy farqni yuzaga keltiradi. Qiyoslang: do‘stimga ol-
dim – do‘stim uchun oldim.
Qaratqich va tushum kelishiklari qo‘shimchalari badiiy uslubda, 
xususan, she’riyatda -n shaklida qisqargan holda qo‘llanishi va 
matnga ekspressivlik, poetik ohang baxsh etishi mumkin. Masalan: 
Qarshimda yer sharin surati turar, Salmog‘i Quvaning anoricha bor. 


47
(A. Oripov) Dengiz ortin yoritdi ilk bor Beruniyning aql mash’ali. 
(A. Oripov)

Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling