«O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»


Download 0.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/161
Sana29.12.2021
Hajmi0.98 Mb.
#183323
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   161
Bog'liq
10 sinf ona tili darslik

52-mashq.
  Berilgan gaplardagi ajratilgan so‘zlarga qavs ichidagi ke-
lishik shakllarini qo‘shib ko‘ring, ma’noda yuz bergan 
o‘zgarishlarni izohlang.
1. Yo‘lchiboy aka, 
qayer
  (
-ga, -dan
) qochasiz? (Oybek)  2. 
Baxtim
 
(
-dan, -ga
) deymi, yo buning aksimi, Munisxon kiyim-kechakni yaxshi 
ko‘radigan ayol ekan. (O‘. Umarbekov) 3. Ilmiy 
ishlaringiz
  (
-da, -ga
) 
muvaffaqiyat!  (Erkin A’zam) 4. 
Chollar
  (
-dan, -ning
) biri unga emas, 
jo‘mragidan hovur chiqayotgan choynakka qarab gap boshladi. (Said 
Ahmad) 5. 
Ot
  (
-ga, -da
) juda epchil ekansan-ku, qizim! Barakalla-ye... 
(Abdulla Qahhor) 6. Juvon qo‘lidagi 
olma
  (
-ni, -dan
)  ustma-ust bir necha 
martaba tishladi va chala chaynab yutdi. (Abdulla Qahhor) 7. Shunda u 
o‘zining hozirgina 
dala
  (
-ga, -dan
) kelganini esladi. (P. Qodirov) 8. Ser
-
soya ayvonda Sattor Oyshaxonning 
yoni
  (
-ga, -da
) o‘tirib mastava ichar 


48
ekan, xotinining yuziga qaray olmas, biror joyi unga tegib ketishidan 
cho‘chir, o‘zini majbur qilib, odob yuzasidan uzuq-yuluq gaplashar edi. 
(P. Qodirov) 9. In damay konduktorning 
yoni
  (
-ga, -da, -dan
) o‘tib oldim. 
(O‘. Hoshimov) 10. Rais uka, sizni 
ko‘rganim
  (
-dan, -ga
) xursandman. 
(O‘. Umarbekov)
53-mashq.
  Quyidagi gaplarda qo‘llangan ko‘makchilarni ma’no 
dosh 
kelishik shakllari bilan almashtirib ko‘ring. Ma’no 
dagi 
o‘zgarishlarni izohlang.
1. «Alvasti ko‘prik» tepasiga chiqib, shahar tomon shitob bilan ketdi. 
(Said Ahmad) 2. U supadan tushib, vazmin bosib bog‘ sari yo‘naladi. (Er-
kin A’zam) 3. O‘smir o‘rtoqlari oldida uyalgani uchun ham uydan ketishga 
ahd qilgan. (Tohir Malik) 4. Anavi g‘it-g‘it mashina bilan To‘laganning 
adabini beraman. (O‘. Umarbekov) 5. Xatni Sobiraxon olib, ko‘k qalam 
bilan ostiga chizilgan yerini o‘qidi. (Abdulla Qahhor) 6. Rejissyor uchun 
bundan ortiq dahshat yo‘q edi. (Sh. Xolmirzayev) 7. Bolam, Shodmon 
shahardan kelgan, – deya entikdi. (Sh. Xolmirzayev)
«O‘zbek tilining izohli lug‘ati»dan olingan quyidagi so‘zlar-
ning izohlarini eslab qoling. Ular ishtirokida gaplar tuzing, kelishik 
qo‘shimchalariga e’tibor bering.

Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling