«O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»


SUBYeKTIV BAHO IFODALOVCHI


Download 0.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/161
Sana29.12.2021
Hajmi0.98 Mb.
#183323
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   161
Bog'liq
10 sinf ona tili darslik

SUBYeKTIV BAHO IFODALOVCHI 
QO‘SHIMCHALAR USLUBIYATI
1-topshiriq.
  Berilgan gapda qo‘llangan erkalash shakli orqali so‘z-
lovchining qanday subyektiv munosabati ifodalana 
yotganini 
aniqlang.
Ukajon, bemalol o‘tib o‘tiravering, – shunday deya Sa 
far aka o‘rta-
dagi xontaxtasiga turli noz-ne’matlar qo‘yilgan chor 
poyaga ishora qildi. 
(A. Yo‘ldoshev) 
2-topshi riq.
  Berilgan gaplarda qo‘llangan kichraytirish shakllari orqali 
so‘zlovchining qanday subyektiv munosabati ifodalanayot-
ganini aniqlang.
1. Hikmatillo bu hazilkash yigitchaning puchuq bo‘lsa ham, allaqanday 
yoqimtoy chehrasiga qarab turibdi. (O. Yoqubov) 2. Toychoqlar hanuz 
o‘ynoqlashini qo‘ymas, goh to‘xtab, uzoqlarga qarab qolishardi. (Isajon 
Sulton)
 
Tilimizda  -cha, -choq, -gina, -loq, -jon, -xon, -toy kabi bir qan-
cha qo‘shimchalar mavjud bo‘lib, ular subyektiv baho shakllari deb 
umumlashtiriladi. Ular kichraytirish-erkalash qo‘shimchalari nomi bilan 
ham ataladi. Bu qo‘shimchalar otlar va sifatlarga qo‘shilib, shu so‘zlar 


50
ifodalagan narsa yoki tushunchaga so‘zlovchi (yozuvchi)ning subyektiv 
munosabatini bildiradi, ya’ni bu so‘zlarda ijobiy yoki salbiy uslubiy 
bo‘yoqni yuzaga keltiradi. 
Bunday qo‘shimchali so‘zlar ko‘proq so‘zlashuv, badiiy va publit-
sistik uslublarda kuzatiladi, ilmiy va rasmiy uslublarda esa ular juda 
nofaol, kam qo‘llanadi.

Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling